Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Milovan Kapor : “Buxoro” jamoasi o‘z istiqbol yo‘lini topib oldi"

Milovan Kapor : “Buxoro” jamoasi o‘z istiqbol yo‘lini topib oldi"

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, o‘tgan mavsumdan buyon "Buxoro” safida kanadalik himoyachi Milovan Kapor to‘p surib kelmoqda. Yangi mavsum oldidan Kapor bilan bog‘landik va yangi mavsumdagi rejalari haqida suhbatlashdik.

-- Avvalo, assalomu alaykum, joriy mavsumda ham “Buxoro”da to‘p surishingiz aniq bo‘lib qoldi …

-- Rahmat, ha , bu yil jamoaga o‘tgan yilgidan ko‘ra ko‘proq foydam tegishiga umid qilaman.

-- O‘zbekiston Superligasi haqida allaqachon tasavvur paydo bo‘lgandir sizda, chempionat haqida qarashlaringiz qanaqa?

-- O‘zbekiston  chempionati  Osiyodagi yetakchi chempionatlardan biridir. Oxirgi yillarda yanada kuchayib bormoqda. Iqtidorli o‘yinchilarning ko‘pligi va klublarning kuchayishga, yaxshilanishga moyilligi quvonarli hol. Eng asosiysi, bu yerda odamlar sportga ishonishadi va jamoalarini qo‘llab-quvvatlashadi.

-- Jamoangizning o‘tgan mavsumdagi ishtiroki haqida nima deysiz? Ortda qolgan mavsumda “bor mahoratimni ko‘rsata oldim “, deb o‘ylaysizmi?

-- O‘tgan yil “Buxoro” jamoasi uchun og‘ir mavsum bo‘ldi. Ochig‘i, uch-to‘rt yil muqaddam kuchli oltilikda bo‘lgan jamoaning pastga sho‘ng‘ishi yaxshi emas, albatta. Shunday qiyin pallada jamoaga yordam berishga harakat qildim, men kabi boshqa o‘yinchilar ham, mutasaddilar ham oxirgi lahzalargacha jamoaning elitada qolishi uchun bir tanu bir jon bo‘lib kurashdilar. Ammo joriy mavsumda maqsadlar yuqoriroq, intilishlar yanada kuchliroq bo‘ladi.  Jamoa yangi umidlar bilan , ishtiyoq bilan tayyorlanmoqda.

-- Yangi mavsumdan nimalarni kutayapsiz, jamoaning maqsadlari aniqmi?

-- Albatta, natija bo‘lishi uchun futbolda faqat bir kishi emas, butun jamoa harakat qilishi kerak. Ijobiy natijaga ham aynan birdamlik va jipslik bilan  erishiladi. Men ishonamanki, jamoa ayni paytda to‘g‘ri yo‘ldan bormoqda va boshlanadigan yangi mavsumda barcha jamoalarga  jangovar futbol va keskin raqobatni taqdim etishga shay.

-- “Buxoro” sport majmuasida katta ko‘lamdagi o‘zgarishlar amalga oshirilayotganligi tufayli, jamoa boshqa shahar, boshqa maydonda uy o‘yinlarini o‘tkazadi . Bu haqida fikringiz?

-- Shubhasiz, markaziy o‘yingoh maysasisining o‘zgartirilishi va yaxshilanishi sababli jamoamiz o‘yinlarini boshqa joyda o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi. Bu qiyinchilik tug‘diradi, ammo jamoada hamma professional, o‘z ishini va vazifasini tushunadi, shuning uchun bu bizning natijalarimizga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, deb o‘ylayman,  ishonchim komilki , muxlislarimiz o‘tgan yili qilganlaridek, bu yil ham komandani  qo‘llab-quvvatlashadi va bu bizga yanada kuch bag‘ishlaydi.

-- Jamoada raqobat qay darajada ? 

Jamoaga qator yangi o‘yinchilar kelgan. Ko‘plab mahalliy futbolchilar va tajribali futbolchilar mashg‘ulotlarda birgalikda ishtirok etmoqdalar . Bu esa o‘yinchilarga o‘zlarini ko‘rsatish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lish bilan birga, raqobatni ham keltirib chiqaradi.

-- O‘zbekiston chempionatida qancha uzoq qolmoqchisiz? Takliflar bo‘lsa qabul qilasizmi? Umuman futbolchi sifatida kelajagingizni qanday tasavvur qilasiz?

-- O‘zbekiston chempionatida imkon qadar ko‘proq to‘p surishga harakat qilaman, albatta. Takliflar uchun doimo ochiqman. Lekin baribir ertaga nima bo‘ladi, aytish qiyin, bu futbol, bu qismat. Hozircha barcha fikrlarim, maqsadlarim faqat “Buxoro” bilan bog‘liq .

-- Buxoro shahriga, yangi muhitga, jamoaga qanchalik moslashib ulgurgansiz?

-- Asosan, do‘stlarim va tanishlarim hozircha klub ichida. Ular bilan allaqachon inoqmiz, dastlabki kunlardanoq ular bilan do‘stona muhitni yarata oldik . Albatta, oiladan, yaqinlaringan uzoqda bo‘lish oson emas. Ammo imkon tug‘ilishi bilan ular bilan bog‘lanaman yoki ko‘rishaman, ularning borligi, meni qo‘llayotganliklarini his qilish men uchun yoqimli.  Buxoro shahri shiddat bilan o‘zgarib borayotgan, zamonaviylikni o‘zida mujassam etayotgan shahar bo‘lsa-da, uning ildizlari uzoq tarixga borib taqaladi. Hanuzgacha saqlanib qolgan tarixiy binolar fikrimning isboti bo‘la oladi. Ba’zida shahar bo‘ylab yurganimda shahar aholisi bilan muloqot qilaman, ular ham bu o‘zgarishlardan xursand ekanligini bilish qiyin emas.

--  Futboldagi kumirlaringiz kimlar?

Mening sevimli futbolchim shubhasiz, Krishtiano Ronaldu. U o‘z ishiga butun mehrini, qalbini va mehnatini baxshida qilgan insondir, bunday insonlar barchaga namuna bo‘la olishadi. Futboldagi o‘z chizig‘imdan kelib chiqadigan bo‘lsam, Nemanya Vidich va Serxio Ramoslarning futbollari menga yoqadi. Ularning maydonni va o‘yinchlarni ko‘ra bilish qobiliyati , xavfni his qila olishlari va uni imkon qadar professional tarzda bartaraf etishga urinishlari ham mashg‘ulotlar uchun qo‘llash mumkin qo‘lgan darslardir.

-- Futboldan bo‘sh qolgan vaqtingiz nimaga sarflanadi?

-- Futboldan tashqari, ko‘proq vaqtimni do‘stlarim bilan sayohat qilishga, yangi joylarni ko‘rishga, turli xil kitoblarni o‘qishga harakat qilaman. Fikrlarni charxlab turish yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lish bu har qanday moddiylikdan ustun, menimcha.

Erkin  Sodiqov  suhbatlashdi

 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:44, 15.02.2020.
O'qildi: 3410 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.