Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Davron Fayziyevdan anons. «Barselona» - «Xetafe»

Davron Fayziyevdan anons. «Barselona» - «Xetafe»

Baho:
+ | -

Bu o‘yin anonsida klublarning pozisiyasini ishlatsak bo‘ldi, markaziyga aylanib qolarmikan?

Mana: La Liganing 2 va 3-o‘rinlarni egallab turgan jamoalar to‘qnashuvi. Baribir vahimali eshitilmayapti.

Chunki bu «Xetafe», kichik klub degan tushuncha o‘rnashib qolgan. «Levante»lar, «Xetafe»lar deb qo‘yamiz mensimay. Ispaniya chempionatiga o‘z tish shchyotkasidek munosabatda bo‘ladiganlar ko‘p, ya’ni muntazam ishlatadi, lekin tolachalari qay ahvolda qarab o‘tirmaydi, bu holatda «Xetafe» ancha jiddiy kuchga aylangani sezilmay ham qolishi mumkin. Biroq, «Atletiko Madrid», «Valensiya», «Sevilya» kabi klublarni ortda qoldirayotgan yigitlar ko‘proq hurmatga loyiq.

Aslida bu anons bir inson hikoyasi bo‘lishi ham mumkin edi. Xose Bordalas quyi diviziondan kuchli uchlikkacha bo‘lgan yo‘lni jamoa bilan  birga bosib o‘tdi. Yoshi 55 ga kirib baxti ochildi va tanildi.

«Xetafe» birdan boyib qolgani ham yo‘q. Hammasini shu Bordalas bir tekisda olib boryapti. Bu o‘sha-o‘sha kichik klub. Faqat to‘g‘ri uynayapti. Uslub Kike Sentyen «Barselona»siga teskari. To‘p raqibga beriladi, qarshi xujumda jazolanadi. Shu tariqa «Xetafe» so‘ngi 4 uchrashuvda 4 g‘alaba qayd etdi va ularda birorta gol o‘tkazib yubormadi.

Endigi manzil "Kamp Nou", «Xetafe» tumani aholisining yarmi sig‘adigan stadion («Xetafe»da 173.000 aholi yashaydi).

«Barselona» ichki muammolar girdobida ham bir kirishsa bunday jamoalarga joyini ko‘rsatib qo‘yishi mumkin, albatta. Buning uchun kuch nuqtai nazaridan yondoshishi kerak. Setyen bunga tayyormi? Ana shuni tomosha qilish qiziqarli.

Qolganini efir orqali gaplashamiz!

Davron Fayziyev.

Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 16:35, 15.02.2020.
O'qildi: 3757 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.