Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Xayrulla Hamidov: Anonsga ehtiyoj sezmaydigan o‘yin

Xayrulla Hamidov: Anonsga ehtiyoj sezmaydigan o‘yin

Baho:
+ | -

Ba’zi o‘yinlar bo‘ladi, anons qilish kerak, tushuntirish kerak uchrashuv darajasini. Ammo bir o‘yinlar bo‘ladiki, unda ishtirok etadigan jamoalar nomini aytib qo‘yish kifoya qiladi. Deylik, tunda Rimda “Lasio” “Inter”ni qabul qiladi, deb.

Turnir jadvalida “Inter”ning peshqadamlik qilayotgani ham, Rim klubining uchinchi o‘rinda borayotgani va yenggan taqdirda skudetto uchun rostakamiga da’vogarga aylanishini gapirish ham zarurati yo‘q. Klublarning o‘zi anons sifatini oshirib beradi.

Shunday bo‘lsa ham, tunda soat 00:45da bo‘ladigan superuchrashuv haqida ayrim ma’lumotlarni berib ketsam, a?!

O‘zi A Seriyada kuchli to‘rtlikda borayotgan klublarga qarasak, bir o‘xshashlikni ko‘ramiz. Barchasida mahalliy murabbiylar ustozlik qilishmoqda. Italiya chempionati brendini italiyalik mutaxassislar belgilab berishayotgani yoqimli baribir. Yana zo‘r tomoni shuki, to‘rt murabbiy umuman bir-biriga o‘xshamaydi.

Biri to‘p nazorati bilan “sarribol”ni xush ko‘rsa, birisiga pressing orqali vaziyatidan maksimum foydalanish yoqadi. Yana biri italyancha futbolning namunasini ko‘rsatib chuqur himoyadan hujumga zo‘r o‘tsa, to‘rtinchisi Bergamo ko‘chalarini hujum qilaverib changitib yubordi.
Qachon ko‘rgandik shunaqa A seriyani?!

Bugungi chekimga tushgan o‘yinda himoya chizig‘ida va darvozada muammolar bo‘lishi mumkin (Padelli “Inter” muxlislarining asablanishiga sabab bo‘lyapti), lekin oldingi chiziqda barchasi havas qilguli darajada. Indzagi jamoasida goleador hujumchi bor, kuchli beshlikdagi to‘purarlar poygasini boshqarayotgan Immobile. U shuningdek, o‘z uyida eng ko‘p gol urgan yigit – 15ta gol. Milanliklar safida Lukaku bor, mehmonda eng ko‘p gol urgan – 12 gol. Unisi ham, bunisi ham natijasini yaxshilashi mumkin bugun.
 
Niderlandiyalik Stefan de Vreyga oson bo‘lmaydi bu kecha. Rimlik tiffozi “Lasio”dan “Inter”ga xunuk tarzda o‘tib ketgan himoyachini “iliqqina” kutib olsa kerak. Bastoni hamda Lautaroning diskvalifikasiya muddati tugab, bugun safga qaytishlari o‘yin darajasini yanada oshiradi.

Oxirgi ma’lumot: Ronaldu “Breshiya” bilan bo‘ladigan o‘yinni o‘tkazib yuboradi va agar “Yuve” salbiy natija qayd etsa, tasavvur qilavering, Rimdagi bahsning mavqei qaysi plankalarni yirtib yuborishi mumkin?! Mayli, Turin klubi yengaversin, bizning o‘yin darajasiga baribir soya tashlolmaydi.

00:45da Janluka Rokkining hushtagi chalinishini kutib qolamiz bo‘lmasa. Ko‘rishguncha!

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 19:36, 16.02.2020.
O'qildi: 4230 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик