Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
07/05 18:00 Paxtakor 4-3 Metallurg
07/05 19:00 OKMK 3-4 Nasaf
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Yangi Pirloning narxi ma’lum

Italiyaning «Breshia» klubidagi o‘yinlari bilan barchaning e’tiborini o‘ziga qaratgan Sandro Tonali yozda grand jamoalardan biriga o‘tishi mumkin. Bu haqida bir nechta Italiya nashrlari ma’lum qilmoqda.

«Breshia» ham iqtidorli yigitchani tarkibda uzoq ushlab qolishning iloji yo‘q ekanligini tushunib turibdi. Shu sababli jamoa yozda o‘z yetakchisini qo‘lga kiritishni istagan klub 50 million yevrodan kam to‘lamasligi kerakligini rasman tasdiqladi.

Tonali uchun yozda «Chelsi», «PSJ», «Napoli» va «Milan» jamoalari kurash olib borayotgan bo‘lsada, asosiy fovorit Turinning «Yuventus» klubi bo‘lib turibdi.

«Milan» yangi darvozabon qidirmoqda?!

Milan shaxrining «Milan» klubi yozgi transfer oynasi ochilishi bilan saviyali darvozabon xarid qilishni rejalshtirmoqda. Bu haqida «Tuttosport» nashri ma’lum qilgan.

«Milan» rahbariyati yozda Donarummani ushlab qolishning iloji yo‘qligini tushunib turgani bois, yozda «Torino»ning 33 yoshli kipperi – Salvatore Siriguni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Ayni damda Janluiji Donnaruma bilan PSJ, «Chelsi», «Real Madrid», «Yuvnetus» singari grandlar qiziqayotgani bois, «Milan» shartnomasi tugashiga bir yil qolgan darvozabonni safda olib qolishni istamayapti.

Eslatib o‘tamiz, Salvatore Siruguning transfer qiymati 8 million yevroni tashkil etmoqda.

Torres uchun kimlar da’vogar?

Ispaniyaning «Valensiya» klubi futbolchisi Ferran Torres «Real Madrid» jamoasi e’tiborida turibdi. «Marca» nashrining ma’lum qilishicha, futbolchining o‘zi «Valensiya» bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortgan va tezroq jamoasini almashtirishni istamoqda.

Aslida, mavsum boshida «Borussiya Dortmund» yarim himoyachini sotib olmoqchi edi, biroq ikki tomon o‘rtasidagi muzokarlar boshi berk ko‘chaga kirib qolgani uchun transfer amalgam oshmay qoldi. Ayni damda, futbolchi shartnomani yangilashdan bosh tortgani bois, top klublar uni qo‘lga kiritish uchun ishlarni boshlab yubordi.

«Arsenal» Obemeyangni transferga qo‘yadimi?

“Londonning «Arsenal» jamoasi Pyer-Emeriku Obameyang borasida yakuniy qarorga keldi. Unga ko‘ra klub o‘z hujumchisiga yangi va yaxshilangan shartnoma taklif qilishni rejlashtirmoqda”-deb xabar bermoqda “Daily Express"

Manba bergan xabarlarga ko‘ra, «kononirlar» rahbariyatiga shaxsan Miyel Artetaning o‘zi iltimos bilan murojaat etgan va gabonlik hujumchini jamoada saqlab qolishni istamoqda.

30 yoshli hujumchi esa bu borada qaror qabul qilishga shoshmayapati. Sababi, u kelasi mavsum boshida «Real Madrid» yoki «Inter» jamoalaridan kelib tushadigan takliflarni ham ko‘rib chiqishni istamoqda. Futbolchi yuqori saviyada uzoq muddat qola olmasligi bois, kattaroq musobaqalarda zafar quchishni istamoqda.

Buffon qoladimi?

Turinning «Yuventus» klubi o‘zining afsonaviy darvozaboni bilan tuzilgan shartnomani yana bir yilga uzaytirishga qaror qildi. Bu haqida Italiyaning bir nechta rasmiy nashrlari xabar bermoqda. Ayni damda darvozabon 42 yoshda bo‘lishiga qaramay, o‘zini juda yaxshi his etmoqda.

Hozircha futbolchining yangi shartnoma imzolash borasidagi qarori ma’lum bo‘lganicha yo‘q. «Fotbal Italia» nashri da aytilishicha, barchasi futbolchi va rahbariyat o‘rtasida bahorda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda hal etiladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 04:33, 17.02.2020.
O'qildi: 7992 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.