Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

«Barsa» va «Real»ning qaysi o‘yinchilari «el-klasiko»ni o‘tkazib yuborishi mumkin?

«Barsa» va «Real»ning qaysi o‘yinchilari «el-klasiko»ni o‘tkazib yuborishi mumkin?

Baho:
+ | -

«Real» va «Barselona» klublari o‘rtasidagi navbatdagi o‘yin 1 mart kuni «Santyago Bernabeu»da bo‘lib o‘tadi. Har ikkala jamoa safida mazkur uchrashuvni o‘tkazib yuborish xavfi ostida turgan futbolchilar bor.

Jumladan, «Barselona» himoyachilari Samuel Umtiti va Kleman Langle navbatdagi o‘yinda sariq kartochka olishsa, «Real»ga qarshi kechadigan uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Langle yaqindagina qizil kartochka tufayli diskvalifikasiya muddatini o‘tagan edi, ammo uning "sariq"lari "kuyib" ketmadi.

"Ko‘k-anorranglilar" shanba kuni "Kamp Nou"da "Eybar"ni qabul qilishadi. Mezbonlar mazkur o‘yinda yuqoridagi ikki himoyachining ogohlantirish olmasligi va barcha futbolchilarning jarohat orttirmasligiga umid qilishadi.

«Madrid» safida esa Ferlan Mendi diskvalifikasiyadan bitta "sariq" masofada turibdi. Fransiyalik himoyachi Zidan jamoasidagi muhim o‘yinchilardan biriga aylandi. Uning maydonda bo‘lmasligi "Real"ning "klasiko"da kuchsizlanib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. «Qaymoqranglilar» keyingi turda safarda «Levante»ga qarshi maydonga chiqishadi.

«Real»ga qarshi o‘yinda «Barsa»ga Luis Suares, Usmon Dembele va Xordi Alba yordam bera olmasligi aniq.

Madridliklar safida jarohatlanganlar kamroq: Eden Azar tiklanishga ulgurgan bo‘lsa, Marko Asensio va mashg‘ulotda jarohat olgan Mariano Dias "el-klasiko"da ishtirok etishmaydi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 21:08, 18.02.2020.
O'qildi: 12499 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.