Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/03 01:00 Arsenal 2-2 PSV
13/03 01:00 Aston Villa 3-0 Bryugge
13/03 01:00 Atletiko 1-0 Real Madrid
15/03 00:45 Jenoa - Lechche
15/03 01:00 Las-Palmas - Alaves
15/03 18:00 Valyadolid - Selta
15/03 19:00 Monsa - Parma
15/03 19:00 Udineze - Verona
15/03 20:00 Everton - Vest Xem
15/03 20:00 Ipsvich - Nottingem Forest
15/03 20:00 Manchester Siti - Brayton
15/03 20:00 Sautgempton - Vulverhempton
15/03 20:15 Malyorka - Espanyol
15/03 22:00 Milan - Komo
15/03 22:30 Vilyarreal - Real Madrid
15/03 22:30 Bornmut - Brentford

Mourinyo: "Agar imkonim bo‘lganida o‘zimizni darhol 1 iyulga ko‘chirgan bo‘lardim”

Mourinyo: "Agar imkonim bo‘lganida o‘zimizni darhol 1 iyulga ko‘chirgan bo‘lardim”

Baho:
+ | -

Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Joze MourinyoYECHL doirasida "Leypsig" (0:1) klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Yigitlar qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishdi. Jamoamiz ajoyib futbolchilardan tashkil topgan. Biz bor kuchimizni berib harakat qildik. Ajoyib qo‘llab-quvvatlagani uchun muxlislarga rahmat aytmoqchiman.

Bu uchrashuvda hali hech narsa hal bo‘lmadi. O‘z maydonidagi 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragan yagona jamoa emasmiz. Birinchi uchrashuvda mag‘lub bo‘lib, keyinchalik keyingi bosqichga yo‘l olgan jamoalar jamoalar ko‘p, nima uchun biz bu ishni amalga oshirmasligimiz kerak?

Lo Chelso fantastik o‘yin namoyish etmoqda. U maydon markazida yaxshi o‘ynadi, lekin sariq kartochka olmaslikka harakat qilishi kerak edi. Oxirgi 20 daqiqa u to‘p bilan ajoyib munosabatda bo‘ldi.

"Leypsig"ning zahirasida ko‘p futbolchilar boridi. Men oldinda LukasMouro va Bergveynlar bilan natija qilishga harakat qildim, lekin ularda charchoq alomatlari sezilib qoldi. Agar o‘yinni tahlil qilmoqchi bo‘lsangiz, u holda bizning vaziyatlarimizga nazar tashlang.

Biz juda qiyin vaziyatdamiz. O‘z futbolchilarim bilan faxrlanaman. Meni xavotirga solayotgan narsa shuki, bu vaziyat mavsum oxirigacha davom etadi. "Leypsig" bilan javob uchrashuvida maksimum tarzda yaxshi o‘yin namoyish etishimizni kafolatlayman.

Tarkibimizdagi futbolchilardan kelib chiqqan holda o‘yin sxemamizni almashtirishga harakat qilamiz. Agar imkonim bo‘lganida o‘zimizni darhol 1 iyulga ko‘chirgan bo‘lardim. Lekin biz oxirigacha kurashishimiz shart", - Mourinnoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda UYEFA.

Kiritildi: 13:36, 20.02.2020.
O'qildi: 2550 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.