Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Taqiqqa qaramay, «Manchester Siti» YECHLda ishtirok etishi mumkin

Taqiqqa qaramay, «Manchester Siti» YECHLda ishtirok etishi mumkin

Baho:
+ | -1

Xabaringiz bor, UYEFA "Manchester Siti" klubini ikki yilga yevrokuboklardan chetlatish haqida qaror qabul qildi. Bundan tashqari, "shaharliklar" 30 million yevro miqdorida jarimaga tortilishdi.

Manchesterliklar qo‘l qovushtirib o‘tirishmoqchi emas. Jamoaning YECHLda ishtirok etmasligi klubga jiddiy moliyaviy zarar yetkazadi. Bundan tashqari, "Siti" yangi futbolchilarni qo‘lga kiritishi, yetakchilarni ushlab qolishi qiyin kechadi. Ammo Xosep Gvardiola va jamoa rahbariyati xavotirga tushmayapti.

Huquqshunoslarning fikricha, "Man Siti" Yevropa chempionlar ligasining 2020/2021 yilgi mavsumida ishtirok etish imkoniyatini saqlab qolishi mumkin. Jamoa Lozanna shahridagi Sport arbitraj sudiga murojaat qiladigan bo‘lsa, yakuniy qaror qabul qilingunga qadar UYEFA qarorini vaqtinchalik to‘xtatib turishni so‘rashi mumkin. Shunda "Siti" YECHLning kelasi mavsumida qatnashishi mumkin. Ammo keyinchalik CAS UYEFAning qarorini o‘z kuchida qoldirsa, "shaharliklar" YECHLning 2021/22 va 2022/23 yilgi mavsumlarini o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Sanksiyadan qutulib qolishning yana bir yo‘li mavjud. Angliyaliklar Sport arbitraj sudidan ishni tezroq ko‘rib chiqishni so‘rashi mumkin. YECHL-2020/2021 guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimigacha (27 avgust) CAS diskvalifikasiya haqidagi qarorni bekor qilsa, "Siti" musobaqada ishtirok etish huquqini saqlab qoladi. Ammo bunday holatda klub ham, UYEFA ham o‘z haq-huquqini isbotlash uchun yetarli vaqtga ega bo‘lmaydi.

Shu bois, "Manchester Siti" uchun birinchi variant ma’qulroq ko‘rinmoqda. Jamoa UYEFA qarorining to‘liq matnini olganidan keyin apellyasiya berish uchun 10 kunlik vaqtga bo‘ladi.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 15:38, 20.02.2020.
O'qildi: 11335 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.