Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -1

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

PSJ italiyalik iqtidorni xarid qilmoqchi

Fransiyaning PSJ klubi yozgi transfer oynasi chog‘ida Milanning “Inter” klubi hujumchisi Sebastian Espozitoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Parijliklar 17 yoshli futbolchi ham Veratti singari jamoaning ajralmas bo‘lagiga aylanishini tahmin qilishmoqda. Aslida fransuz klubi qishdayoq “Inter” tineyjerini xarid qilmoqchi edi, biroq uning hali 18 ga to‘lmagani pand berdi.

Esaltib o‘tamiz, Espozito bu mavsumda 5 ta “A seriya” o‘yinida maydonga tushgan va o‘z xisobiga 1 ta gol yozib qo‘ygan.

“Roma” futbolchisi nishonda

Londonning “Arsenal” jamoasi Rimning “Roma” klubi yarim himoyachisi Brayn Kristanteni kuzatishda davom etmoqda.

"Salciomercato" nashrining xabar berishicha, “kononirlar” futbolchini kuzatish uchun “Roma”ning Yevropa Ligasi doirasida “Gent”ga qarshi uchrashuviga o‘z skautlarini yuboradi.

24 yoshli futbolchining o‘zi ham boshqa jamoaga o‘tishga qarshi emas. “Arsenal” futbolchini 30-40 million yevro atrfida baholamoqda.

Esaltib o‘tamiz, Italiya terma jamoasiga nomzod futbolchi ushbu mavsumda “A seriya”ning 13 t uchrashuvida maydonga tushdi va 1 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, uning xisobida 2 ta assist ham mavjud.

Silva qaytadimi?

Prarijning PSJ klubi himoyachisi va sardori Tiago Silva yozda “Milan”ga qaytishi mumkin. Bu haqida futbolchining agenti Paolo Toneto xabar bermoqda.

Tonetoning aytishicha, ayni damda Silvaning yangi shartnomasi borasida PSJ bilan muammolar kelib chiqmoqda. Agar tomonlar kelishuvga erisha olmasa, Tiago yozda sobiq jamoasiga qaytishi mumkin.

Esalatib o‘tamiz, himoyachi 2009-2012 yillar oralig‘ida “rosso neri”lar sharafini himoya qilgan.

“Real Madrid” o‘z uslubida

Madridning “Real” jamoasi yozda o‘z yetakchisi Luka Modrichni sotib yuborishi mumkin.

“Diario Sport ” nashrining xabar berishicha, klub allaqachon xorvatiyalik futbolchiga xaridor izlashni boshlab yuborgan. Ayni damda Luka uchun “Inter Mayami”jamoasidan qulay taklif kelib tushgan. MLS jamoasi taklif qilayotgan taklif “qirollik klubi”ni to‘liq qanoatlantirmoqda. Modrichning o‘zi hali bu borada ma’lumot berganicha yo‘q.

Manbaning xabar berishicha, “Real Madrid” hech qachon klub faxriylarini jamoada olib qolmagan va Modrich ham ulardan mustasno emas.

Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli yarim himoyachi ushbu mavsumda “La Liga” o‘yinlarining 19 tasida maydonga tushdi va 3 ta gol, 5 ta assistga mualliflik qildi.

“Liverpul” “Bavariya” darvozaboniga qiziqmoqda

Angliyaning “Liverpul” jamoasi yozda o‘zi uchun yangi darvozabon xarid qilmoqchi ekanligidan xabaringiz bor. “Viasport” bergan ma’lumotlarsga ko‘ra, “qizillar” radarida “Bavariya” jamoasi kipperi Kristian Fryutxl turibdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, “Liverpul” darvozabonga Alissonning o‘rinbosari sifatida qaramoqda. Klub rahbarlari jamoadagi ikkinchi darvozabon Adriandan ko‘ngli to‘lmayotgani bois ushbu transferni amalga oshirishga qaror qilgan edi, biroq 20 yoshli darvozabon “Liverpul”ga o‘tishdan bosh tortdi. U ikkinchi darvozabon bo‘lishni istamasligini va yaxshisi Bundesliga jamoalaridan birida o‘yin amaliyotiga ega bolishni avzal ko‘rishini ma’lum qildi.

Esalatib o‘tamiz, Kristian Fryutxl Myunhen klubining ikkinchi jamoasi sharafini 3 dvizionda himoya qilmoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 10:56, 21.02.2020.
O'qildi: 7140 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.