Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dzyudo. Davlat Bobonov Katta dubulg‘a turnirining chempioni!

Dzyudo. Davlat Bobonov Katta dubulg‘a turnirining chempioni!

Baho:
+ | -

Germaniyaning Dyusselfdorf shahrida dzyudo bo‘yicha Katta dubulg‘a turniri o‘z yakuniga yetib bormoqda. Xabar berganimizdek, og‘ir vaznli polvonlar bahsida ikki nafar vakilimiz musobaqa finaliga yo‘l olgan edi.

Biroz avval -90 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Davlat Bobonov final bahsida ishtirok etdi. Navoiylik polvonimizning ukrainalik Kuyedjau Nxubaliga qarshi bahsi 1 daqiqaga ham bormadi. Ikkita vazari bahosi Bobonovga musobaqaning oltin medalini hadya qildi. Yana bir jihati Nxubali bilan o‘zaro hisob-kitob 1:1 ko‘rinishiga keldi.

Bu Bobonovning faoliyatida Katta dubulg‘a turnirlaridagi dastlabki g‘alabasi bo‘ldi va dzyudochimiz Tokio Olimpiadasi reytingi uchun 1000 reyting ochkosini qo‘shib qo‘ymoqda.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 22:29, 23.02.2020.
O'qildi: 3719 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик