Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Karius “Liverpul”dan ketmoqchi

Ayni damda Turkiyaning “Beshiktosh” jamoasida ijara asosida to‘p surayotgan Lorius Karius yozda erkin agentga aylanishni istamoqda. “Fotospor” nashriberganxabarlargako‘ra, darvozabon “Liverpul” bilantuzilganshartnomanibekorqilishilinjida.

Nemisdarvozaboniva “Liverpul” o‘rtasidagishartnoma 2021-yilgaqadarmo‘ljallanganbo‘lib, futbolchiyanabirmavsumo‘zhuquqlarigaegalikqilaolmasligimumkin. Hozircha, ingliz klubi darvozabonning taklifini ko‘rib chiqqanicha yo‘q. Barchasi yozda ma’lum bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Karius “Beshiktosh” jamoasi safida 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta o‘yinda darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.

Kepa ketishga ham rozi


Londonning “Chelsi” darvozaboni Kepa Arrisabalaga yozda jamoani o‘z xohishi bilan tark etishga rozi. Bunga sabab ispaniyalik posbonning yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani ko‘rsatilmoqda.

“The Sun” bergan xabarlarga ko‘ra, 25 yoshli darvozabon “aristokratlar”ning ikkinchi darvozaboni bo‘lishni istamayapti. Manbaning ma’lum qilishicha, darvozabon o‘zi istasada klubdan keta olmasligi mumkin. Sababi, “Chelsi” Kepani 72 million funtdan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Ayni damda o‘yini chiqmayotgan darvozabon uchun hech kim bunday summani to‘lashni istamasligi aniq.

Eslatib o‘tamiz, Kepa ushbu mavsumda APL o‘yinlarining 24 tasida maydonga tushdi va atigi 2 bor darvoza dahlsizligini saqlab qoldi.

Areolya ortga qaytadi

 

Bugungi kunda Madridning “Real” jamoasida ijara asosida harakat qilayotgan darvozabon Alfonso Areolya yozda yana Parij klubiga qaytadi. Bu haqida bir nechta ispan nashrlari ma’lum qilmoqda.

Gap shundaki, “Real Madrid” darvozabonni Keylor Navasning transferiga bonus tariqasida olgan bo‘lsada, uni sotib olish huquqini qo‘lga kiritmagan. Shu sababli, yozda uni ortga qaytarib yuboradi.

“Marca” nashri bergan xabarlarga ko‘ra, “Real Madrid”ning kelasi yildan boshlan ikkinchi darvozaboni sifatida Andrey Lunin harakat qiladi. Eslatib o‘tamiz, ayni damda Lunin Ispaniyaning ikkinchi dvizionidagi “Real Oviyedo” jamoasi darvozasini qo‘riqlamoqda.

“Napoli” Kulibalini qanchaga baholadi?

Italiyaning “Napoli” klubi himoyachisi Kalidu Kulibali yozda jamoani tark etishga juda yaqin turibdi. Jurnalist Nikola Skrini bergan xabarlarga ko‘ra, PSJ jamoasi sport direktori Leanardo senegallik futbolchining agenti bilan og‘zaki kelishuvga erishdi.

Jurnalistning fikricha, Italiya klubi o‘z himoyachisini hali-ham 100 million yevroga baholamoqda. PSJ bu summani kamaytirish uchun yozga qadar urinib ko‘radi.

Avvalroq Kulibalining Parijdan 4 million yevro evaziga uy sotib olgani haqida xabar bergan edik.

“Tottenhem” himoyachi olmoqchi

Londonning “Tottenhem” jamoasi yozda “Roma”da ijara asosida to‘p surayotgan Kris Smollingni sotib olmoqchi.

“Calciomercati” nashri bergan xabarlarga ko‘ra, “shporlar” jamoani yozda tark etishi kutilayotgan Vertongenning o‘rnini aynan Smolling bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, Smollingni “Roma” ham jamoada olib qolishni istamoqda.

“Manchester Yunayted” himoyachini ortga qaytarmoqchi emas. Shu sababli, o‘z futbolchisi uchun 20 million yevro berishni istagan klublar bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyor ekanligini rasman ma’lum qilgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 01:08, 29.02.2020.
O'qildi: 8523 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.