Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklarni e’tiboringizga havola etamiz.

 

Stounz “Everton”ga qaytadi

 

Taniqli “Sky Spoty” bergan xabarlarga ko‘ra, “Manchester Siti” jamoasi himoyachisi Jon Stounz yozda yana “Everton” futbolchisiga aylanadi. Gap shundaki, “Manchester Siti” “Everton” himoyachisi Meyson Xolgeyt bilan jiddiy qiziqib qoldi va uning transferini amalga oshirish uchun Jon Stounzdan voz kechishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Ayni damda Jon “shaxarliklar”ning asosiy tarkibidan to‘liqligicha tushib qoldi va jamoasini o‘zgaritirshga qarshi emas.

Eslatib o‘tamiz, Jon 2013-2016-yillar oralig‘ida “Everton” sharafini himoya qilgan.

“Bavariya” Koutinoni nega xarid qilmasligi aniq

Myunhenning “Bavariya” jamoasi nima uchun Koutinoning transferidan voz kechgani ma’lum bo‘ldi. “Sport1” nashri bergan xabarlarga ko‘ra, “Bavariya” jamoasi “Bayer” yarim himoyachisi Kay Havertsni qo‘lga kiritish uchun Koutinoning transferidan voz kechdi.

Myunehen klubi “Bayer” yarim himoyachisini uchun 80 million yevro berishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, yarim himoyachi uchun “Yuventus” va “Liverpul” klublari ham haridor bo‘lib turibdi.

Ayni damda Transfermarket portali iqtidorli futbolchini 90 million yevroga baholamoqda

“Chelsi” “Lion” yetakchisi bilan qiziqmoqda

Angliyaning “Chelsi” jamoasi yozda tarkibni to‘liq almashtirishni reja qilayotgani haqida xabar bergan edik. “TheSun” nashri bergan xabarlarga ko‘ra, “aristokratlar” yozda “Lion” jamoasi yarim himoyachisi Ussam Auarni tarkibga qo‘shib olmoqchi.

London klubi yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Jorjinoning o‘rnini aynan 21 yoshli futbolchi bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqda. Auarning tavon puli 43 million funt sterlin etib belgilangan bo‘lib, bu summa “Chelsi”ni to‘liq qoniqtiradi.

Eslatib o‘tamiz, qishda yarim himoyachi bilan “Atletiko Madrid” va “Yuventus” jamoalari ham qiziqish bildirgan, biroq “Lion” o‘z yetakchisini mavsum o‘rtasida sotishdan bosh tortgan edi.

“Yuventus” murabbiy almashtiradimi?

 

Turin super klubi Sarrini iste’foga chiqarishga juda yaqin turibdi. Bu haqida “LGDS” nashri ma’lum qilgan. Manbaning ma’lum qilishicha, turinliklar mavsumning eng qizg‘in pallasida ham murabbiyga chiqish eshiklarini ko‘rsatib yuborishi mumkin.

Sarri jamoada qolishi uchun “Inter” bilan o‘yinda g‘olib chiqishi kerak. Aks xolda, jamoa uni Massimiliano Alegri bilan almashtirishi aniq.

Eslatib o‘tamiz, Alegri 2014-2019-yillar oralig‘ida «byankonerilar» bosh murabiyi sifatida faoliyat olib borgan.

Meddison qoladimi?

 

Bu mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazayotgan Jeyms Meddisonning yozda “Manchester Yunayted”ga o‘tishi borasidagi mish-mishlar tobora ko‘payib borayotganidan xabaringiz bor. Angliyalik futbolchining jamoadan ketishi borasida Brenden Rojers o‘z fikrlarini ma’lum qildi:

“Biz Jeyms bilan uzoq muddatga mo‘ljallangan yangi shartnoma borasida muzokarlar olib boryapmiz. Men uning “Lester”da baxtli ekanligiga Shubham yo‘q. U biz bilan o‘sib borayotganini yaxshi anglab turibdi. Umid qilamizki, u bilan tez orada shartnomani uzaytiramiz”-,deb xabar bermoqda “SkySport” nashri.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchi uchun “Manchester Yunayted” 50 million yevrodan voz kechishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan edi.

PSJ Lautaro uchun kurashga qo‘shildi

Fransiyaning PSJ jamoasi Lautaro Martines uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqida “Mundo Deportivo” nashri ma’lum qilgan. Parij klubi argentinalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun “Real Madrid” va “Barselona”ni ortda qoldirishi talab etiladi.

Manba bergan xabarlarga ko‘ra, parijliklar yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Edinson Kavanining o‘rnini aynan Lautaro bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqda.

E’tiborlisi shundaki, PSJ qolgan raqiblaridan farqli o‘laroq “Inter” hujumchi uchun so‘rayotgan 111 million yevroni berishga tayyor ekanligini rasman ma’lum qilgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:05, 29.02.2020.
O'qildi: 8574 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.