Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/01 00:45 Inter 3-1 Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko
06/01 19:00 Piza - Komo
06/01 22:00 Lechche - Roma
07/01 00:45 Sassuolo - Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem - Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona

Isroil Madrimov chempionlik kamarini himoya qildi (video)

Isroil Madrimov chempionlik kamarini himoya qildi (video)

Baho:
+1 | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov bugun navbatdagi jangini o‘tkazib, WBA Inter-Continental kamarini himoya qildi.

AQSHning Frisko shahridagi "The Ford Center at The Star" arenasida o‘tkazilgan jangda hamyurtimiz WBA reytingida 2-pog‘onani egallab turgan venesuelalik Charli Navarro (29-10, 22 KO)ga qarshi ringga ko‘tarildi.

Isroil jangning aksariyat qismida ustunlikka erishdi. U o‘zining jang olib borish uslubini tez-tez o‘zgartirgan holda raqibiga tezkor va kuchli zarbalar berdi. Shu bois, 40 yoshli bokschi 2-raunddan boshlab muammolarga duch kela boshladi. To‘rtinchi uch daqiqalikdan boshlab esa to‘liq ustunlik Madrimov tomoniga o‘tdi.

Oltinchi raundga kelib venesuelalik bokschi ilk marta nokdaunga tushdi. Ammo u jangni davom ettirishga qaror qildi. O‘zbek bokschisi hujumni davom ettirib, yana bir marta uni ringga qulatdi. Bu safar referi jangni to‘xtatishga qaror qildi.

Shu tariqa, 10 raundga mo‘ljallangan jang Madrimovning 6-raunddagi nokauti bilan yakunlandi.

Qayd etish lozimki, ushbu jang WBA Eleminator maqomida edi. Endi Madrimov WBA Super yoki WBA Regular kamarlaridan biriga majburiy da’vogarga aylandi.

Endilikda Madrimovning prof ringdagi o‘tkazgan janglari soni 5taga yetdi. U janglarining barchasida nokaut evaziga raqiblarini mag‘lub etgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:08, 01.03.2020.
O'qildi: 9071 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.