Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Ivan Solovyov jarimaga tortildi

Ivan Solovyov jarimaga tortildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Etika qo‘mitasining yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Coca Cola Superliga 1-tur uchrashuvlaridan so‘ng “Buxoro” futbol klubi bosh murabbiyi Muxsin Muhammadiyev hamda “Navbahor” futbol klubi o‘yinchisi Ivan Solovyovga nisbatan intizom chorasini qo‘llash masalalari ko‘rib chiqildi.

Xususan, Coca Cola Superliga 1-turi doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Buxoro” uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida “Buxoro” futbol klubi bosh murabbiyi Muxsin Muhammadiyev uchrashuv hakamlarining o‘yin davomida qabul qilgan qarorlarini haqorat qilib, bu bilan O‘zbekiston professional futbol klublari uchun 2020 yilgi musobaqalarni o‘tkazish Reglamentida belgilangan uchrashuv rasmiy shaxslariga nisbatan protest va shikoyat bildirish tartibiga rioya qilmagani uchun unga nisbatan Intizom kodeksining 2-bo‘lim 5.39-bandiga muvofiq moddiy jarima belgilandi.

Shuningdek, Coca Cola Superliga 1-turi doirasidagi “Paxtakor” – “Navbahor” uchrashuvidan so‘ng “Navbahor” futbol klubi o‘yinchisi Ivan Solovyov ijtimoiy tarmoqlarda uchrashuv bosh hakami sha’niga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun unga Intizom kodeksining 2-bo‘lim 5.38-bandiga muvofiq moddiy jarima belgilandi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 20:40, 04.03.2020.
O'qildi: 5154 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.