Stadion.uzfutbol olamidagi koronavirus bilan bog‘liq so‘nggi ma’lumotlarni taqdim etishda davom etadi
Fransiya futboli havf ostidami?
Ayni damda Fransiyaning “Liga 1” va “Liga 2” chempionatlarida jadallik bilan tarqalayotgan virusga qarshi kurash choralari ko‘rib chiqilmoqda.
“L’equipe” nashri bergan xabarlarga qaraganda, endilikda “Liga 1” va “Liga 2” o‘yinlari chog‘ida futbolchilarning qo‘l berib so‘rashishlari ta’qiqlanadi. Bunday qaror Fransiya futbol rahbari Natali Bua de lya Tur tomonidan tasdiqlangan.
Hozircha ushbu yurt futbol rahbarlari milliy chempionat o‘yinlarini boshqa kunga qoldirganicha yo‘q, biroq agar sharoit taqazo etsa, keskin choralar qo‘llanishi ham mumkin.
RPL uchrashuvlari qoldirilmaydi
Rossiya futbol rahbari Aleksandr Dyukov koronavirus sababli uchrashuvlar muxlislarsiz o‘tkazilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi:
Koronavirus bilan vaziyat jiddiy ekanligni anglab turibmiz. Rossiya chempionati va kubok o‘yinlarini muxlislar bilan o‘tkazishni rejalashtiryapmiz. RPL vaziyatdan chiqib ketishning turli yo‘llarini ko‘rib chiqmoqda. Bizda shuningdek, “b” rejasi ham mavjud. Bu rejamiz hokimiyat bizga vakolat bersagina ishga tushishi mumkin.
“Valensiya” va “Atalanta” uchrashuvi muxlislarsiz o‘tadi
YECHLning 1/8 bosqichi doirasidagi “Valensiya” : “Atalanta” o‘rtasidagi javob o‘yini muxlislarsiz stadionda bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi. 10-mart sanasiga mo‘ljallangan uchrashuvda “Mestalia” stadioniga muxlislar kelishi ta’qiqlandi.
Javob uchrashuvi muxlislar ishtirokisiz o‘tkazilishi borasida Ispaniya hukumati buyruq bergan. Shu sababli, “Valensiya” jamoasida vaziyatni to‘g‘ri qabul qilishdan boshqa chora yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, “Valensiya” va “Atalanta” o‘rtasidagi birinchi uchrashuvda mezbonlarning (4:1) qo‘li baland kelgan edi.
Italiyada choralar keskinlashmoqda
Italiya hokimiyati mamalakatdagi barcha sport musobaqalari “yopiq eshiklar” tarzda o‘tkazilishi borasida qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, 3-aprelga qadar Italiyadagi birorta sport o‘yinlariga muxlislar kiritilmaydi. Bunga sabab apennin yarimorolidagi koronavirus yuqturib olganlarning soni ortib borayotgani ko‘rsatilmoqda.
Ayni damda, virusdan vafot etganlar soni 107 taga yetdi. Koronavirusdan aziyat chekayotganlar soni esa, 2706 tadan oshib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunga kelib Italiya klublarining barchasi o‘z futbolchilarini muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib turibdi. Ma’lumotlarga qaraganda, birorta “A Seriya” futbolchisi ushbu virus bilan “to‘qnash” kelmagan.
APL jamoalari jonbozlik ko‘rsatmoqchi
“The Times” nashri bergan xabarlarga ko‘ra, APLning barcha klublari koronavirus sababli mavsum yakuniga qadar muxlislarsiz stadionda maydonga tushishga tayyor ekanligini rasman ma’lum qilgan.
Klublarning qarorini shuningdek “FA” va “EFL” ham to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan. Hozircha bu masala borasida yakuniy qaror chiqqani yo‘q.
“Borussiya Dortmund” turnedan voz kechdi
Dortmundning “Borussiya” jamoasi Osiyo qit’asida jadallik bilan tarqalab borayotgan koronavirus sababli 2020-yilning yoz oylaridagi turnedan voz kechdi.
Ushbu turne Yaponiya, Xitoy va Tailandda o‘ktazilishi ko‘zda tutulgan edi, biroq klub rahbarlari ehtiyotkorlik sababli yozdagi turneni bekor qildi.
Shuningdek, klub futbolchilari yaqin 1 oy ichida ochiq mashg‘ulot o‘ktazmaydigan va muxlislarga dastxat ham bermaydigan bo‘ldi. Bu haqida klub rasmiy sayti rasman ma’lum qilgan.