Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/10 00:00 Barselona 5-1 Sevilya
21/10 18:00 So‘g‘diyona 1-1 OKMK
21/10 21:00 Al-Ayn 4-5 Al-Hilol
21/10 21:00 As-Sadd 1-0 Persepolis
21/10 21:00 Ash-Shorta 0-0 Paxtakor
21/10 23:00 Ar-Rayyan - Al-Ahli (SA)
21/10 23:45 Verona - Monsa
22/10 00:00 Valensiya - Las-Palmas
22/10 00:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Villian Turinda?!


Angiliyaning “Chelsi” jamoasi yarim himoyachisi Villian yozda “Yuventus” klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqida taniqli “Daily Exspress” nashri ma’lum qilmoqda.

Turin super klubi braziliyalik yarim himoyachini erkin agent sifatida qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda. Villianning “Chelsi” bilan tuzgan shartnomasi iyun oyida o‘z yakuniga yetadi. Tomonlar yangi shartnoma borasida to‘liq kelishuvga erisha olmayapti.

Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” qishda ham braziliyalik vingerni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi, biroq “aristokratlar” Villianni qo‘yib yuborishmadi.

“Milan” Gollandiya chempionatini kuzatmoqda

 

Milanning “Milan” jamoasi hujumchi izlashda davom etmoqda. Ayni damda ularning radariga Gollandiya chempionatida to‘p surayotgan “AZ” futbolchisi Mayron Boadu tushib qolgan.

“Rossoneri”lar 19 yoshli hujumchi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Aslida Boaduning transfer qiymati 20 million yevroga baholagan bo‘lsada, “Milan” hujumchi uchun 10 million yevro taklif qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq hujumchini bir nechta APL jamoalariga o‘z safida ko‘rmoqchi bo‘lgan, biroq “Az” so‘ragan 15 million yevroni birorta klub to‘lashni istamagan edi.

Ruiz ortga qaytishga yaqin

 

“MundoDeportivo” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “Napoli” yarim himoyachisi Brain Ruiz tez orada Ispaniyaga qaytishi kutilmoqda. Ayni damda, “qirollik klubi” yarim himoyachi borasida “Napoli”ga taklif jo‘natish arafasida turibdi.

Nashr bergan xabarlarga qaraganda, “qaymoqranglilar” yarim himoyachi uchun 80 million yevrodan voz kechishga tayyor. Ushbu summa “Napoli”ni qoniqtirishi aniq bo‘lgani bois, Ruizning Ispaniyaga qaytishiga hech kimda shubha qolmayapti.

“Real Madrid” “Evro 2020” musobaqasi oldidan Ruizning transferini e’lon qilishni rejalashtirgan. Shu sababli shaxsiy shartnoma borasida ham “Real Madrid” ishlar olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik futbolchi bilan shuningdek PSJ va “Manchester Yunayted” jamoalari ham “og‘iz solishgan”.

“Inter” Milikni kuzatmoqda

 

Milanning “Inter” jamoasi yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Aleksis Sanchesning o‘rnini “Napoli” hujumchisi Arkadiush Milik bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqda.

LGDSnashri bergan xabarlarga qaraganda, jamoa polyakni yozda sotib olishni rejalashtirgan. Ayni damda, uning Neapol klubi bilan tuzgan shartnomasi 2021-yilga qadar mo‘ljallangan. Shu sababli futbolchi “Napoli” bilan yangi shartnoma tuzishni istamayapti. Bunday vaziyatda “Napoli” jamoasida hujumchini sotib yuborishdan boshqa chora qolmasligi mumkin.

Shuningdek, Milik va “Inter” jamoasi sport direktori Piyer Ausilio o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar ham transferning amalga oshishi uchun sabab bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Milikning transfermarketdagi narxi 40 million yevroni tashkil etmoqda.

“Napoli” o‘z uslubida

 

Italiyaning “Napoli” jamoasi yozda jamoaga yangi hujumchi olib kelish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborganidan xabaringiz bor. AS nashri bergan xabarlarga qaraganda, jamoa nishonida “Real Madrid” forvordi Luka Yovich turibdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Yovichning agenti allaqachon “Napoli” sport direktori bilan uchrashgan va transfer borasida og‘zaki kelishuvga erishgan. Ayni damda “Napoli” Yovichning transferi borasida rasmiy taklif bilan murojaat bilan chiqdi. Eng qizig‘I shundaki, “Real Madrid” o‘z hujumchisini sotishni istamayapti. Klub serbni faqat ijaraga berishni reja qilgan xolos.

Bugungi kunda 22 yoshli Luka Yovichning transfermarketdagi qiymayi 40 million yevroni tashkil etmoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 14:29, 08.03.2020.
O'qildi: 12705 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.