Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio - Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano - Selta
11/01 18:00 Alaves - Jirona
11/01 19:00 Empoli - Lechche
11/01 19:00 Udineze - Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid - Betis
11/01 22:00 Torino - Yuventus
11/01 22:30 Espanyol - Leganes

Bugun “Inter”ga muxlislik qilishingizga 7 ta sabab

Bugun “Inter”ga muxlislik qilishingizga 7 ta sabab

Baho:
+ | -

“Yuvnetus” va “Inter” o‘rtasidagi qoldirilgan uchrashuv bugun bo‘lib o‘tadi. Stadion.uzushbu bahs oldidan “Inter”ga muxlislik qilishning foydalari borasida fikr almashmoqchi.

 

Chempionatdagi intiriga so‘ngmasligi uchun

 

Bugun bo‘sh stadionda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan uchrashuvda “Inter”ning g‘alabasi juda muhim. Qaysidir ma’noda “Yuventus”ning o‘zi uchun ham bu mag‘lubiyat foydali bo‘ladi. Sababi juda odiy. Ushbu mavsumda “Yuventus” kutilganidan ancha kuchsizroq futbol namoyish etmoqda, biroq jamoada yangi uslubga moslashayotganini ham untumaslik lozim. Bu uchrashuvdagi mag‘lubiyat “Yuve”ning zaif tomonlarini YECHL uchrashuvi oldidan yaqqol ko‘rsatib berishi aniq. Boz ustiga, ancha yillardan beri Italiyada kuzatilmayotgan intriga ham yana jonlanadi. Agar bugun Konte qo‘l ostidagi “Inter” g‘alaba qozonsa va zaxiradagi o‘yinida ham 3 ochko ishlab chempionlik poygasiga katta ishtiyoq bilan kirishadi. Umuman olganda, “A seriya” muxlislari “Latsio”ning ham kurashga kirishganidan mamnun. Agar bugungi uchrashuvda “Yuventus” g‘alaba qozonsa, bu intriga ham ruhan va ham amalda ancha kamayib ketadi.

 

“Yuventus” mojorolar nishonida

 

“Inter” muxlislari ko‘tarib chiqqan banerlarni bir chetga surib tashlagan xolda shuni aytishimiz mumkinki, vaziyat ancha jiddiy. “Yuventus” egalari salanmush Anyelilar sulolasining Italiya hokimiyatida ham yetarlicha odamlari bor. Aynan ularning tashabbusi bilan o‘yin may oyiga qoldirildi, biroq “Inter” muxlislari va rahbarlari bunga ko‘nmadi. Klub rahbarlari Aniyellilarning Italiya sport vazirligiga bosim o‘tkazishda aybladi va haqiqat talab qilishdi. Ushbu shov-shuvli chiqishdan so‘ng, Italiya futbol rahbarlari uchrashuvni “Inter”ning iltimosiga ko‘ra qoldirganini bahona qildi va o‘yinni bugunga belgiladi. Aslida “Yuventus” o‘yinni qoldirish orqali chiptalar sotuvidan tushadigan pullarniboy dbergisi kelmagan. Boz ustiga klub futbolchilari 1-mart sanasida maydonga chiqishga oshiqishmadi. O‘ylashimizcha bugun ham “Yuve” o‘zi istamagan tarzda o‘yinda ishtirok etadi. Ma’lumotlarga qaraganda, klub so‘nggi 3 ta o‘yinni bo‘sh stadionlarda o‘tkazgani bois 12,3 million yevro zarar ko‘rar ekan.

 

Chempionlar foydasiga qaror

 

“Inter’ning xitoylik egasi Stiv Cheng yaqindagina “A Seriya” rahbari Paolo Dal Pinoni masxaraboz deb ataganidan xabaringiz bor. Qaysidir ma’noda Italiya futbol rahbarlari bundan ranjigan bo‘lishi tabiiy. Morattaning aytishicha, Anyelli avval boshidan o‘yinni ortga cho‘zishni rejalashtirgan va shu yo‘sinda jamoaning o‘yinga yaxshilab tayyorgarlik ko‘rishi va YECHLda yo‘qotilgan kuchning tiklanishini reja qilgan ekan. Bundan tashqari, “Yuve” egalari klub muxlislari yordami orqali Milanliklarni mavsum so‘nggida ortda qoldirishni va ularga ikkinchi imkoniyat qoldirmaslikni o‘ylab qo‘ygani ham ma’lum bo‘ldi. Shu o‘rinda juda shubhali statistika bilan tanishing. Ushbu mavsumdagi “A Seriya” o‘yinlari doirasida “Yuventus”ning foydasiga hakamlar o‘zlari “bilmasdan” 4 xato qaror qabul qilishgan bo‘lib, birorta jamoaning zarariga ishlaydigan xatoga “yo‘l qo‘yishmagan”. Bunday ko‘rsatgich “Latsio”da 2:1 bo‘lsa, bechora “Inter”da 1:2! “LeGazzetaDellaSport” nashri bergan statistik ma’lumotlarga tayanadigan bo‘lsak, “Yuventus” va “Latsio” hakamlarning xatolari bo‘lmaganida “Inter”dan ikki ochko kamroq jamg‘arishi kerak ekan. Agar bugun ham hakamlar katta sahnaga chiqsa va “masxarabos” so‘zi uchun “Inter”ni jazolasa, bu katta janjal bilan yakunlashi mumkin.

 

“Yuve” chempionga o‘xshamayapti

 

Aslida Sarri jamoasi boshidan kichik krizisni o‘tkazyapti desak ham bo‘ladi. Rahbariyat futbolchilardan norozi ekanligini va Sarri nima istayotganini tushunmayatganini oshkora e’lon qilmoqda. Natijalar ham hech kimni xursand qilmayotgani rost. Ahir “Lion”ga birorta gol ura olmay mag‘lub bo‘lishdiku! O‘rtamiyonalar ustidan g‘alaba, “Milan” bilan durang va “Verona”dan mag‘lubiyat. “Yuventus” fevralda juda ko‘p muammolar bilan to‘qnash kelmoqda. Aslida mana shunday tushkun va jismoniy yuklamalar bilan “Inter”ga qarshi to‘p surishlari kerak edi, biroq o‘yinning boshqa kunga ko‘chirilishi jamoaning o‘ziga kelib olishi uchun imkoniyat yaratib berdi. Shunga qaramay, “Yuventus”ning yorqin o‘yin ko‘rsatishiga ishonish qiyin. Bu mavsumda “Yuve” katta hisobda g‘alaba qozongan uchrashuvlarida ham muxlislarning ko‘nglini olishni uddalay olmayapti. Faqatgina Ronalduning gollari biroz e’tiborni tortmoqda xolos. “Yuventus”ning o‘yinida bundan boshqa jozibani topishning iloji yo‘q.

 

“Inter”ning g‘alabasi muhim

 

Bugungi o‘yinda butun “Latsio” muxlislari “Inter”ga muxlislik qilishi aniq. Aslida “burgutlar”ning zaxira o‘rindig‘i juda tor bo‘lishi mumkin, biroq Inzagi bu muammoni bartaraf etish borasida katta hajmdagi ishni olib borayotganini ham unutmaslik kerak. Rimlik muxlislar chempionlik uchun kurashda asosiy da’vogar “Inter” bo‘lishini istashmoqda. Sababi juda odiy. Ular “Yuve” “Kalchapoli”ning ikkinchi qismini yashirin tarzda “suratga olishidan” cho‘chishmoqda. Boz ustiga Kontening jamoasida ham muammolar yo‘q emas. Ular “Latsio” va “Napoli”ga o‘yinni boy berib qo‘yishdi. Bugungi uchrashuvda “Inter”ning g‘olib bo‘lishi “Latsio” uchun ham juda muhim. Sababi, “Burgutlar” o‘zlaridan birovning o‘tib ketishiga yo‘l qo‘yishmaydi chempionlik uchun kurashda yaxshigina imkoniyatga ega bo‘lib olishadi.

 

Omadsizlarga ham omad kelishi kerak

 

Abadiy chempionalrning ichki birinchilikda har mavsum g‘olibbo‘lishini kuzatish juda zerikarli. Tan olish lozim, bu mavsum “Inter”ning o‘yinlari quvnoq o‘tmoqda. Agar “Inter” boshlagan ishni yakunlashni istasa, so‘nggi turlarga qadar mardonavor turib berishi kerak. Omad esa, doim kuchlilarga kulib boqadi. Quvonarlisi shundaki, Konte g‘alabaga chanqoq yigitlarni atrofiga yig‘ib oldi. Yang, Lautaro, Brozovich, Lukaku va boshqa ko‘plab futbolchilar katta sovrin yutish uchun har qanday mashaqqatga tayyor. Jamoa sardori Handanovich 36 yoshga to‘lgan bo‘lsada, birora katta sovrin yutgani yo‘q. Londondan kelgan Eriksen haqidaku gapirmasa ham bo‘ladi!

 

Sarosimdagi Italiya shouga loyiq

 

Aslida Sarrining natijalari ko‘zni qamashtirishi mumkin, biroq muxlislarga uning o‘yin uslubi zavq ulashmayapti. Yenglimaslik uchun durangga ham rozi bo‘ladigan murabbiy bugun ham ochko bo‘lib olishga qarshi bo‘lmasligi aniq. Eng achinarlisi shundaki, bunday o‘yin bilan ayni damda katta sarosimani boshidan o‘tkazayotgan Italiya xalqini biroz bo‘lsada chalg‘itishning iloji yo‘q.

 

Agar bugun “Inter” o‘yin davomida katta bosimni amalga oshirsa, “Yuve” ham ochiq o‘yin namoyish etsa, butun mamlakat 90 daqiqa davomida Koronaviros haqida o‘ylashdan to‘xtaydi. Gollar, maydondagi kurash, bahsli vaziyatlar barcha-barchani biroz bo‘lsada muammolardan uzoqlashishiga sabab bo‘ladi. Futbol olmi uchun ko‘plab super yulduzlarni taqdim etgan xalq bugun tamoshabop futbol ko‘rishga xaqli!

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:39, 08.03.2020.
O'qildi: 8410 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.