Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Elnur Abduraimov – Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining navbatdagi lisenziati

Elnur Abduraimov – Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining navbatdagi lisenziati

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Amman (Iordaniya) shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha lisenzion musobaqaning kunduzgi dastur bellashuvlari davom etadi. Biroz avval Elnur Abduraimov (-63 kg) avstraliyalik raqibiga qarshi chorak final jangini o‘tkazdi.

Xarrison Garseydga qarshi bahs olib borgan Abduraimov muhim va ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ushbu muvaffaqiyat bokschimzga turnir yarim finali qatori Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini ham taqdim qildi.

Bu O‘zbekiston delegasiyasining Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan o‘n to‘qqizinchi yo‘llanmasidir. Eslatib o‘tamiz, delegasiyamiz Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari uchun boks bo‘yicha -60 kg vazn toifasida ikkita yo‘llanmaga ega chiqqan edi. Murabbiylar qaroriga ko‘ra Elnur Abduraimov va Xurshid Tojiboyev orasidan Tojiboyev varianti tanlab olingan.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Elnur Abduraimovni o‘z irodasi va matonati evaziga qo‘lga kiritilgan ushbu yo‘llanma bilan muborakbod etadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:20, 09.03.2020.
O'qildi: 3537 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.