Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid - Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo - Atalanta
01/02 19:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa - Brentford
01/02 20:15 Betis - Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

Futbol va koronavirus

Futbol va koronavirus

Baho:
+ | -

Stadion.uz futbol olamidagi koronavirus bilan bog‘liq yangiliklar bilan tanishtirishda davom etadi.

Massola faol bo‘lishga chaqirmoqda

Italiyaning «Inter» jamoasining afsonaviy futbolchisi Sandro Massola barcha futbolchilarni ushbu virusga qarshi kurashishga chaqirmoqda. Sobiq futbolchining aytishicha, barcha futbolchilari ushbu virusga qarshi kurash uchun o‘z mablag‘lari bilan yordam berishlari kerak.

“A seriya futbolchilari har oyda millionlab yevro daromad olishmoqda. Agar shu pullarning hech bo‘lmasa 3 foizini virusga qarshi kurashga sarflashsa, bu katta naf berishi mumkin. Ayni damda ular o‘z maoshlarining hech bo‘lmasa yarmidan voz kechishlari kerak. Shu yo‘sinda o‘z klublari ko‘rayotgan zararlarning bir qismini ko‘tarishgan bo‘ladi”, — deydi sobiq futbolchi “Tuttosport” nashri uchun bergan intervyusida.

RFS yangi qaror qabul qildi

Rossiya futbol rahbarlari endilikda barcha majlislarni videoefirda olib boradigan bo‘ldi. Bu haqida “Baza” nashri ma’lum qilgan. Manba bergan xabarlarga qaraganda, barcha majlis va uchrashuvlar endilikda “skayp” ilovasida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq RFSda faoliyat olib borayotgan David Bergovning koronavirus bilan og‘rigani haqidagi xabar bilan tanishtirgan edik.

APLdan yangi qaror

“The Times” nashri bergan xabarlarga qaraganda, APLning qolgan uchrashuvlariga yoshi yetmishdan o‘tgan muxlislar kiritilmasligi mumkin. Bunga qariyalarning koronavirus yuqtirib olishining xavfi kattaligi sabab bo‘lmoqda.

Eng qizig‘i shundaki, agar bu qaror qabul qilinsa, “Kristal Pelas” murabbiyi – Roy Xojson (uning yoshi 72 da) o‘z ishidan ozod etilishi mumkin.

Hakamlar

UEFA barcha italiyalik hakamlarni Yevropa ligasi va Yevropa chempionlar ligasi musobaqalarida ishlashlarini ma’n etdi. Shu yo‘sinda UEFA virusning Yevropaga tarqalish ehtimolini kamaytirishga qaror qilgan. Bu qarorga Italiya futbol federasiyasi hech qanday e’tiroz bildirgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Italiya Xitoydan keyingi o‘rinda koranavirus o‘chog‘iga aylanib bormoqda.

RPLdan yangi qaror

RPL rahbarlari ham futbol uchrashuvlari boshidagi “qo‘l bilan so‘rashish”ni ma’n etishi mumkin. Bu haqida RPLning rasmiy sayti ma’lum qilgan.

Qayd etib o‘tish joiz, avvalroq APL shu uslubni tadbiq qilgan edi. Endilikda Yevropaning bir yo‘la 10 ta chempionatida shu uslubdan foydalanilmoqda. RPL ham tez orada keskin qarorlar qabul qilishi mumkin.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:34, 09.03.2020.
O'qildi: 6048 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.