Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Ronaldinyo, turmada nima gap?!

Ronaldinyo, turmada nima gap?!

Baho:
+ | -

Ronaldinyo men uchun juda qadrli futbolchi. Butun dunyo koronavirus pandemiyasi bilan ovora bo‘lib turgan bir vaqtda “afsungar” yana bir turnir g‘olibiga aylandi. Bu shunday bir musobaqaki, unda g‘oliblik bundan avval ham, katta ehtimol bilan keyin ham uning darajisidagi futbol afsonasiga nasib etmasa kerak. Soxta pasport bilan muammolardan so‘ng Paragvay qamoqxonasida bo‘lib turgan Ronaldinyo mahbuslar o‘rtasidagi turnir finalining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Biroz kulgili, biroz achinarli va biroz o‘ylantiruvchi holat!

Kulgu va achinish nima sababli ekani hammaga tushunarli bo‘lsa kerak. O‘ylarchi?!

Men Ronaldinyoning taqdiri ko‘proq Pelega o‘xshashini istardim. Garrinchaga emas. Har ikkisining o‘yinini ko‘rmagan bo‘lsamda, aytishlaricha Garrincha Peledan qolishmaydigan darajadagi iqtidor egasi bo‘lgan. Biroq, u futbolchilik vaqti ham, keyin ham turli mojaro va illatlarga o‘ralashib qolgan. Shu sababli balki, yosh avlod vakillarining aksari Garrincha kimligini bilishmasa ham kerak! Buning ustiga Roni ichkarida ham ichishni davom ettirmoqda.

Ochig‘i, bu voqea – qandaydir paragvaylik narkobaron tomonidan atayin uyushtirilgandek taassurot uyg‘otmoqda. Aytaylik, qamoqda muddat o‘tayotgan biror shartli “Pablo Eskobar” o‘z sevimli futbolchisini ko‘rgisi kelib qolgan bo‘lishi mumkin.

Mayli nima bo‘lgan taqdirda ham Ronaldinyoga keyingi faoliyatida  omad tilab qolaman!

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 23:44, 14.03.2020.
O'qildi: 6188 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.