Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Mirabror Usmonovni xotirlab

Mirabror Usmonovni xotirlab

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

2019 yil 15 mart. Ushbu kun o‘zbek sporti uchun katta yo‘qotish bo‘lib tarixda qoldi. Roppa-rosa 1 yil muqaddam o‘zbek xalqining zabardast farzandlaridan biri Mirabror Zufarovich Usmonov 71 yoshida olamdan o‘tgan.

Mirabror Zufarovich Usmonov 1947 yil 4 iyul kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. 71 yillik umrining asosiy qismini mamlakatimizni jahonning yetakchi derjavalaridan biriga aylantirishga sarfladi va buni uddalay oldi ham. London-2012 Olimpiya o‘yinlardagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng, aniqrog‘i 2013 yilning boshida Mirabror Usmonov O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi boshqaruviga keldi. Shundan so‘ng qisqa fursat ichida mamlakatimizni yetakchi sport mamlakatlaridan biriga aylantira oldi. Xususan, 2013 yil Rossiyaning Qozon shahrida o‘tgan Universiada o‘yinlarida mamlakatimizning 100 dan ortiq delegasiya vakillari orasida yigirma ikkinchi o‘rinda bo‘lishi yuksak g‘alabalarning boshlanishi sifatida yodda qoldi. Shundan so‘ng delegasiyamiz Mirabror Usmonov boshchiligida 2014 yil Xitoyning Nankin shahrida o‘tgan ikkinchi o‘smirlar Olimpiadasi, Incheon-2014 Osiyo o‘yinlarida katta yutuqlarga erisha oldi. Incheonda o‘tgan Osiyo Olimpiya Kengashining Bosh Assambleyasida xalqaro tashkilot Mirabror Zufarovichning Markaziy Osiyoda Olimpiya harakatini rivojlantirishda qo‘shgan hissasi uchun Oltin orden bilan taqdirladi. Mukofotni Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Baxning shaxsan topshirgani esa mashaqqatli mehnatning e’tirof etilganidan dalolatdir.

2015 yil O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining hozirgi binosining foydalanishga topshirilishi, XOQ prezidenti Tomas Baxning yurtimizda Olimpiya kunini nishonlanishi arafasida tashrif buyurishi bilan yodda qoldi. 2016 yil esa dunyo arenalarida o‘zbek atletlarining porlashi bilan barchaning xotirasida muhrlandi. Rio-2016 yozgi Olimpiya o‘yinlarida 13 ta, Paralimpiya o‘yinlarida esa 32 ta medalning qo‘lga kiritilishi misli ko‘rilmagan natijadir. O‘zbek sportidagi bunday yutuqlar bevosita hukumatimizning qo‘llab-quvvatlashi va Mirabror Usmonovning MOQga rahbarlik qilgan davrida qo‘lga kiritilgan.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Mirabror Usmonov 1995 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni, 1997 yilda O‘zbekiston Respublikasi Faxriy yorlig‘i, 2006 yilda “O‘zbekiston mustaqilligining 15 yilligi” esdalik nishoni, 2012 yilda “El-yurt hurmati” ordeni, 2017 yilda “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan. 2014 yili esa FIFAning “Xizmatlari uchun” maxsus ordeni va Osiyo Olimpiya Kengashining “Oltin ordeni” bilan taqdirlangan. Shuningdek, 2006 yildan 2017 yilgacha O‘zbekiston futbol federasiyasi prezidenti lavozimida faoliyat olib borgan.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi yurtimiz sporti taraqqiyoti yo‘lida xizmat qilgan insonlarni hech qachon unutmaydi. Mirabror Zufarovich Usmonovning porloq xotirasi ham qalbimizda mangu yashaydi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 14:17, 15.03.2020.
O'qildi: 3851 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.