Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Muhsin Muhammadiyev: «Nima uchun barcha o‘yinlarda uchtadan gol o‘tkazib yuborayotganimizni tushunmayapman»

Muhsin Muhammadiyev: «Nima uchun barcha o‘yinlarda uchtadan gol o‘tkazib yuborayotganimizni tushunmayapman»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligasi 3-turidan o‘rin olgan «Lokomotiv» - «Buxoro» uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida buxoroliklar ustozi Muhsin Muhammadiyev qatnashdi.

— Birinchi bo‘limni butunlay yomon o‘tkazdik. Bu men uchun ham topishmoq. Penalti bor edi. Shundan keyin o‘yin sindi. Keyin esa majburiy bo‘lmagan golni o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda yigitlar o‘ynashdi, ko‘plab vaziyatlar yaratishdi. Hozircha ishlarimiz o‘xshamayapti. Bu futbol, shunday bo‘lib turadi. Ketma-ket 3 o‘yinda 3tadan gol qo‘yib yuboryapmiz. Bunga o‘zim ham tushunmayapman. Bu juda katta muammo.

— Balki «Buxoro»da moliyaviy tomondan muammolar bordir.
— Yo‘q, bunday muammo yo‘q. Bu borada hozircha barchasi joyida. Biz buncha ko‘p gol o‘tkazib yubormasligimiz kerak edi. Birinchi, ikkinchi, uchinchi marta 3:0 hisobida yutqazdik. Ko‘plab xatolikka yo‘l qo‘ymoqdamiz. Yutish uchun gol urish kerak. Vaziyatlar bor, biroq gol urishda oqsayotganimiz asosiy kamchiligimiz bo‘lmoqda.

— Nima deb o‘ylaysiz, jamoa nima sababdan uchtadan gol o‘tkazib yuboryapti?
— Bu men uchun ham topishmoqdek. O‘zim ham sababini tushunmayapman.

— O‘tgan 3 o‘yindan qaysi biri eng qiyini bo‘ldi?
— Barchasi qiyin bo‘ldi. «Paxtakor»ga qarshi o‘yinda yaxshi himoyalangandik. Keyinchalik raqib o‘yin qoidasini buzib, gol urdi. Keyin esa penaltidan gol qabul qilib oldik. Bu yerda ham penaltidan boshlandi. Balki ruhiy tomondan muammolarga yo‘l qo‘yayotgandirmiz.

— Bir vaqtlar bir murabbiy jamoa ketma-ket uch o‘yinda mag‘lub bo‘lsa, murabbiylar shtabi aybdor deb aytgan.
— Balki shundaydir. Buni ko‘rib chiqish kerak. Endi oldindagi barcha o‘yinlarda qattiq kurashib, g‘alabaga erishishga intilamiz.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 21:26, 15.03.2020.
O'qildi: 3127 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.