Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Yulduz futbolchidan yaxshi murabbiy chiqmaydimi?

Yulduz futbolchidan yaxshi murabbiy chiqmaydimi?

Baho:
+ | -

Alan Shirer fantastik hujumchi edi, biroq undan kuchli mutaxassis chiqmadi. Bugun Shirerdan tashqari murabbiylikni eplay olmagan yana 4 nafar sobiq futbolchilarni yodga olamiz.

Alan Shirer ("Nyukasl")

Hammasi yana qanday davom etishini kutgan edingiz? “Nyukasl” xalqaro kulgu kunida o‘z muxlislariga rasman klub afsonasini murabbiy sifatida tanishtirdi. Klub Alanning oldiga jamoani elitada saqlab qolish vazifasini qo‘yadi. Aslida Jin Konner jamoani boshqarayotgan edi, biroq uning yuragida paydo bo‘lgan muammolar tufayli vaqtincha chetga chiqishga majbur bo‘ladi. Shirerning klubdagi avtoriteti katta edi. Qahramonimiz 1996-yilda jamoa afsonasi bo‘lish uchun kimsan “Manchester Yunayted”ning taklifini rad etgani so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Avvaliga murabbiy qo‘l ostida jamoa ikkita uchrashuvda ikki ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi, biroq sira xavfli zonadan uzoqlashishni uddalay olmadi. Shirer mavsumning hal qiluvchi ikkita uchrashuvida ham mag‘lubiyatga uchradi va u boshchiligidagi “Nyukasl” Chempionshipga ravona bo‘ldi. O‘sha omadsizlikdan so‘ng, Shirer biror marotaba murabbiylik sohasiga qo‘l urmadi.

Styuart Pirs ("Nottingem Forest")

Klub safida 12 yil to‘p surgan Pirsning jamoadagi murabbiylik ishlari ko‘ngildagidek kechmadi. U klub postiga 1996-yilda Frenk Klarkdan keyin keldi. Pirs o‘zining debyut uchrashuvida “Arsenal”ni mag‘lub etganiga qaramay, buyog‘iga uning boshi omadsizliklar chiqmay qoldi. Ish shu darajaga yetib bordiki, klub APLni tark etishga majbur bo‘ldi. O‘z-o‘zidan Pirsni ishdan olishdi. “Manchester Siti” va Angliya futbol rahbarlari vazifasini bajarganidan so‘ng, 2014-yilda “Nottingem Forest”da murabbiy sifatida ikkinchi bor ish boshladi. O‘tgan safargi kabi Pirsning debyuti juda omadli chiqdi. Ilk 7ta uchrashuvning 5tasida g‘olib chiqqan klub mavsum o‘rtasida 21ta o‘yindan iborat omadsiz seriyani boshidan o‘tkazdi. Ko‘p o‘tmay klub Pirsga ikkinchi bor jamani topshirish fikri qanchalar noto‘g‘ri bo‘lganini anglab yetishdi va unga chiqish eshiklarini ko‘rsatib yuborishdi.

Osvaldo Ardiles ("Tottenxem")

80-yillarda argentinaliklar APLda juda kam ko‘rinish berar edi. Shunga qaramay, Osvaldo Ardiles kam sonli argentinalik bo‘lishiga qaramay, “Tottenxem”ning afsonaviy futbolchisi bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Klub o‘z-o‘zidan 1993/94-yilgi mavsumda Osvaldoni klub bosh murabbiyi etib tayinladi. Uning jamoasi “kamikadze” uslubida to‘p surishni boshladi. “Shporlar”uning qo‘l ostida himoyani mutloq unutgancha, bor kuchi bilan hujumda harakat qilishni boshladi. Qaysidir ma’noda bu uslub muxlislarga manzur kelgan bo‘lishi mumkin, lekin yakunda hech qanday naf keltirmagani ma’lum bo‘ldi. O‘sha mavsumni 15-o‘rinda yakunlagan “Tottenxem” murabbiyni iste’foga chiqarishdan boshqa chora topa olmadi.

Brayan Robson ("Vest Bromvich")

Brayan Robson “Vest Bromvich” tepasiga kelganida,ko‘chada 2004-yil hukmronlik qilayotgan edi. Jamoa safida ikki mingta o‘yin o‘tkazgan futbolchi murabbiy sifatida ham “Vest Bromvich”da uzoq qolishni istagani tabiiy. Robson APLda o‘ziga xos rekord o‘rnatishga ham muvaffaq bo‘ldi. Yangi yilga qadar APLdagi 20-o‘rnini hech kimga bermagan klub mavsum so‘nggiga qadar xavfli zonadan uzoqlashib ketishni uddaladi. Shu kunga qadar boshqa birorta klub yangi yilga qadar 20-o‘rinda borib, yakunda chempionshipdan qochib qolmagan edi. Kelasi mavsumda Robson shogirdlari mavsumning birinchi qismini so‘nggi pog‘onada yakunlashdi. Afsuski, mo‘’jizani takrorlashni uddalay olishmadi va 19-o‘rin bilan pastga “qulab ketishdi”. O‘z-o‘zidan Robson ham o‘ziga boshqa ish qidirishga tushib ketdi.

Kevin Kigan ("Nyukasl")

Bu murabbiyning jamoa postiga ilk kelishi haqida to‘xtalib o‘tmoqchi emasmiz. O‘shanda ham murabbiy aqali biror karomat ko‘rsatmagan, biroq yakunda natija qoniqarli chiqqan edi. Biz uning klub safiga 2008-yilda qaytib kelgan davriga to‘xtalib o‘tamiz. Kigan ikkinchi urunishda ilk sakkizta uchrashuvda g‘alaba qozonmadi, biroq yakunda jamoani 12-o‘ringa olib chiqdi. Barcha muammo ikkinchi mavsum startida boshlandi. murabbiy va klub o‘rtasidagi nizo sud zalida ko‘rib chiqildi. Achinarlisi shundaki, “Nyukasl” o‘z afsonasi bilan deyarli 1 yil sudlashdi. Kigan Angliyaning shimoliy hududi vakilini janjallar bilan tark etdi va boshqa qaytadi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 20:07, 23.03.2020.
O'qildi: 3698 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.