Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Etakchi»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Etakchi»

Baho:
+ | -

Bugun 26 mart. Ko‘pgina nomlar bor, biroq ichida menga Mikel Arteta boshqacha ko‘rindi. Sababi bor.

Birinchidan, yaxshi futbolchi bo‘lgan, so‘ng sifatli murabbiy bo‘lib faoliyat olib borayotgan kamsonli mutaxassislardan, ikkinchidan, hozirda u yordamga muhtoj. Koronavirus bilan kurash olib boryapti. “Olimpiakos” bilan kechgan bahs unga qimmatga tushdi.

“Arsenal” matbut xizmatining bergan xabariga ko‘ra, sog‘lig‘i yaxshilanyapti, murabbiylar bilan doimo tarmoqda aloqada. Karantinda ham ishlayapti.

Mikel Artetaning millati bask. San-Sebast’yandan. “Barselona” maktabi tarbiyalanuvchisi. Kataloniyaning bosh klubida faoliyati o‘xshamagani uchun turli klublarda baxtini izladi. PSJ da, so‘ng “Glazgo”da, “Real Sos’edad” va “Everton”da turli yillar o‘ynagan. Yomonmasu, ammo maqtaguli faoliyat chiqmagan. Artetaning bor iqtidorini ochgan klub “Arsenal” bo‘ladi. Londonliklar tarkibiga kelib qo‘shilgach, u markazning hokimiga aylandi. Besh yil o‘ynadi. Shu yerdan boshqa jamoaga o‘tmadi.

Futbolchiligini yakunlab bergan klub murabbiylik sohasida debocha vazifasini o‘tab bermoqda. Artetaning o‘ynayotgan paytidayoq murabbiylik salohiyati namoyon bo‘lgan. “ManSiti” ustozi Gvardiolaga shogird bo‘lib tushganida, hech kim ajablanmadi. “Arsenal”ga ham og‘ir paytlari keldi. Murabbiyga yolchimayotgan klubni mavsumning yarmidan qutqarishi lozim bo‘lib qoldi. Qutqaryapti ham. Muhimi, “Emereyts”ga tashrif buyurgan muxlislar to‘pchilar o‘yinidan mamnun.

Artetaga sog‘liq tilaymiz. Bugun 38ga kirgan mutaxassis yaqin kelajakning eng kuchli murabbiylaridan biriga aylansa ham, ajablanmaymiz. Zotan “Arsenal”ga kelgan yilidayoq klubning muammolarini ham yechyapti, yangi vabo bilan ham kurash olib boryapti. O‘zimas bunday sinovlar...

Xayrulla HAMIDOV.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 07:10, 26.03.2020.
O'qildi: 3863 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.