"Bavariya"ning sobiq yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger jamoaning onlayn mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.
Koronavirus tufayli futbolchilar sport zallarida mashg‘ulotlar olib borishdi va video-chatlarda suhbatlashishdi.
"O‘tmishdagi kunlarda bo‘lgani kabi, men ham "Bavariya" futbolchilari bilan Internet orqali mashq qildim. Taklif uchun tashakkur, navbatdagi kim? " - deb yozgan Shvaynshtayger.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi Myunxen klubida 2000-yildan 2015-yilgacha to‘p surgan.