Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli - Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistonga eng ko‘p medal taqdim etgan boks haqida

Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistonga eng ko‘p medal taqdim etgan boks haqida

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Sir emaski, boks sport turi yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegasiyasiga medal taqdim etuvchi eng asosiy sport turlaridan biri hisoblanadi. Bugun biz o‘zbekistonlik bokschilarning Olimpiadalardagi ishtirokiga nazar tashlaymiz.

O‘zbek bokschilari shu kungacha 6 ta Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishgan (1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016). Bu muddat davomida yurtimiz bokschilari roppa-rosa 50 ta lisenziyaga ega chiqishgan.

Umumiy hisobda bokschilarimiz 14 marotaba Olimp shohsupasiga ko‘tarilishgan – 4 ta oltin, 2 ta kumush va 8 ta bronza.

Olimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik bokschilar:
1996 – Karim To‘laganov – bronza
2000 – Muhammadqodir Abdullayev – oltin
2000 – Rustam Saidov – bronza
2000 – Sergey Mixaylov – bronza
2004 – Bahodir Sultonov – bronza
2004 – O‘tkirbek Haydarov – bronza
2012 – Abbos Atoyev – bronza
2016 – Hasanboy Do‘smatov – oltin
2016 – Shahobiddin Zoirov – oltin
2016 – Fazliddin G‘oibnazarov – oltin
2016 – Shahram G‘iyosov – kumush
2016 – Bektemir Meliqo‘ziyev – kumush
2016 – Murodjon Ahmadaliyev – bronza
2016 – Rustam To‘laganov – bronza

Ko‘rib turganingizdek, ushbu medallarning teng yarmi Rio mezbonlik qilgan Olimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan. O‘sha o‘yinlarda charm qo‘lqop ustalarimiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashgandi.

Bir necha kun oldin Ammanda nihoyasiga yetgan Osiyo/Okeaniya lisenzion musobaqasida bokschilarimiz 7 ta lisenziya qo‘lga kiritishdi. Shu tariqa, O‘zbekiston bokschilarining Olimpiadalardagi lisenziyalari soni 57 taga yetdi. Hali Parijda jahon saralash musobaqasi o‘tkazilishini inobatga olsak, ushbu raqam yanada oshishi ehtimoli yuqori.

Faktlar
Boks 1904 yili Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan;
Karim To‘laganov – Olimpiya o‘yinlarida medal qo‘lga kiritgan ilk o‘zbek bokschisi;
Muhammadqodir Abdullayev – Olimpiya o‘yinlarida oltin medal qo‘lga kiritgan ilk o‘zbek bokschisi. Uning medali nafaqat boks, balki mustaqil O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ilk oltin medal hisoblanadi;
Yodgoroy Mirzayeva – Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik ilk ayol bokschi;
O‘zbekiston boks terma jamoasi eng ko‘p lisenziyani 2016 yilgi Olimpiadada qo‘lga kiritgan – 11 ta;
O‘zbekiston boks terma jamoasi eng ko‘p medalni 2016 yilgi Olimpiadada qo‘lga kiritgan – 7 ta.

Olimpiya o‘yinlarida vazn toifalari
1996 va 2000 yillarda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi boks uchun 12 ta vazn ajratgandi. 2004 va 2008 yillarda esa 11 ta vaznga qisqartirildi. 2012 va 2016 yillarda boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi bahslar ham Olimpiya dasturiga kiritildi va erkaklar o‘rtasidagi vazn 10 taga tushirildi, ayollarga esa 3 ta vazn taqdim etildi. Tokio Olimpiadasida esa erkaklar o‘rtasida 8 ta, ayollar o‘rtasida 5 ta vaznda medallar uchun kurash tashkil etiladi.

Medal olgan mamlakatlar
Shu kungacha 79 mamlakat bokschilari Olimpiya o‘yinlarida medal qo‘lga kiritgan. 14 ta medali bor O‘zbekiston ushbu reytingning 18-pog‘onasini egallab turibdi. 1904 yildan buyon yuritib kelinadigan ushbu statistikada AQSH 114 ta medal bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi. Kuba esa 73 ta medal bilan ikkinchi pog‘onadan joy olgan bo‘lsa, 56 ta medali bor Buyuk Britaniya kuchli uchlikka yakun yasagan.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 15:52, 27.03.2020.
O'qildi: 4014 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.