Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Marko Roys koronavirus sababli jabr ko‘rgan Dortmund shahridagi kichik va o‘rta korxonalarga 500 ming yevro xayriya qildi.
"Oddiy sharoitlarda ham saqlanishi qiyin bo‘lgan kichik va eski sartaroshxona, ovqatlanish joylari bor. Lekin aynan mana shunday kichik muassasalar shaharni chiroyli qiladi. Ehtiyot bo‘ling, yaqinlaringizni qo‘llab-quvvatlang va bir biringizga yaqin bo‘ling. Koronavirus bizga tez o‘zgarib turadigan darvda birlashish uchun imkoniyat yaratmoqda", - deb post qoldirdi Roys o‘zining "Instagram"dagi sahifasida.