Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Koronavirusni yenggan Arteta barchaga murojaat qildi

Koronavirusni yenggan Arteta barchaga murojaat qildi

Baho:
+1 | -

COVID-19 virusini yuqtirib olgan “Arsenal” ustozi, karantindan chiqqanidan xabaringiz bor. Ispaniyalik mutaxassis yaqindagina “Arsenal” klubi rasmiy sayti orqali butun dunyo aholisiga ushbu virus borasida murojaat bilan chiqdi.

Biz chuqur anglab yetish mushkul bo‘lgan vaziyatga tushib qoldik. Endilikda, har kuni ushbu virus borasidagi yangiliklarni o‘qishga va uni yengib o‘tish borasidagi qo‘llanmalarga e’tibor qaratishdan boshqa choramiz yo‘q. Birinchi navbatda, ushbu kasallik tufayli o‘z yaqinlarini yo‘qotganlar ta’ziyamni qabul qilishsin. Shuningdek, kasalxonalarda yotgan bemorlarga ham yaratgandan kuch-quvvat tilab qolaman.

Shu o‘rinda qiyin vaziyatda o‘zlarini va hayotlarini qurbon qilishga tayyor tibbiyot hodimlariga ham alohida minaddorchilik bildirib o‘tish joiz. Og‘ir kunlarda biz uchun kerakli barcha vositalarni yetkazib berayotgan qadrdonlarimizga ham tashakkur.

Mavridi kelganidadunyodagi barcha insonlarga kichik murojaatim qilmoqchiman. Iltimos, siz yashab turgan davlatda virus u qadar tarqalmagan bo‘lsada, vaziyatni keskinlashtirmang. Yo‘riqnomada ko‘rsatilgan barcha talablarga to‘liq rioya qiling. Men barcha-barchani ehtiyot bo‘lishga va iloji boricha uyda bo‘lishga chaqiraman. Bu virusga qarshi kurashda qo‘limizdan keladigan yagona qurol xolos. Nima bo‘lgan taqdirda ham uyda qoling. Biz shu yo‘sinda koronavirusning keng tarqalishiga qarshilik ko‘rsatgan bo‘lamiz. Siz zarurat bo‘lmagan holda ko‘chaga chiqsangiz, yoshi katta insonlarni havf ostida qoldirgan bo‘lasiz. Ular uchun ham uyda qoling! Virus tarqalishining oldini olish uchun barcha chora tadbirlar ko‘rilmoqda. Tez orada barchasi ortda qoladi!

Manba: Arsenal.com
Kiritildi: 01:08, 29.03.2020.
O'qildi: 6934 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик