"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Liverpul" ustozi Yurgen Kloppni qo‘llab-quvvatladi. Italiyalik mutaxassisning fikricha, kornavirus pandemiyasi tufayli "Liverpul" Chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasidagi "Atletiko"ga qarshi o‘yinga yetarlicha tayyorgarlik ko‘ra olmagan.
"Men Yurgen Kloppning fikriga qo‘shilaman. "Atletiko"ga qarshi o‘yin o‘tkazilmasligi kerak edi. Yuzaga kelgan vaziyat "Atletiko"ga qo‘l keldi", — dedi Anchelotti.
Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" ikkita o‘yinda "Atletiko"ga imkoniyatni boy berib (0:1, 2:3), Chechmpionlar ligasidan chiqib ketdi.