Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

"Paxtakor" tarkibida chempionatlarda eng ko‘p maydonga tushgan futbolchilar

"Paxtakor" tarkibida chempionatlarda eng ko‘p maydonga tushgan futbolchilar

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Paxtakor" tarkibida SSSR va O‘zbekiston chempionatlari tarixida eng ko‘p bellashuvlarda o‘ynagan futbolchilar haqida ma’lumot beramiz.

Uzoq yillar jamoamiz sharafini himoya qilgan Gennadiy Denisov bu borada mutloq rekordchi sanaladi. Bu himoyachi chempionatlarning jami 371 uchrashuvida "Paxtakor" uchun maydonga tushgan. U 13 mavsum jamoamiz safida o‘ynagan. Keyin faoliyatini Rossiya chempionatida davom ettirgan. Denisov o‘zigacha mazkur rekord sohibi bo‘lib turgan Birodar Abduraimovdan o‘zib ketgan. Jamoamiz afsonalaridan biri sanaladigan Abduraimovda esa chempionatlar doirasida o‘tkazilgan 358 bahs mavjud. Denisovni yaqin yillar orasida kimdir quvib o‘tishi deyarli imkonsiz. Chunki jamoamizda faoliyatini davom ettirayotganlar orasida eng yaxshi ko‘rsatkich egasi Vladimir Kozak hisobida 205 uchrashuv bor.

Sergey Bondarenko "Paxtakor" tarkibida 329 bellashuvda maydonga tushgan. O‘zbekistonning XX asrdagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Gennadiy Krasniskiy esa 322 uchrashuvda o‘ynagan.

Kuchli o‘nlikdan Aleksandr Yanovskiy (297), Marat Kabayev (275), Igor Shkvirin (262), To‘lagan Isoqov (252), Viktor Varyuxin (245) va Vladimir Shtern (242) o‘rin egallagan. Yanovskiy "Paxtakor" tarkibida eng ko‘p o‘yinda harakat qilgan darvozabon hamdir.

Azamat Abduraimov otasi Birodar Abduraimov izidan borib, "sherlar" uchun 238 bahs o‘tkazgan.

Quyidagi jadvalda "Paxtakor" uchun chempionatlarda 200 va undan ko‘proq uchrashuvlar o‘tkazgan futbolchilar ismi keltirilgan. Ularning soni 21 nafarni tashkil qiladi.

Gennadiy Denisov - 371
Birodar Abduraimov - 358
Sergey Bondarenko - 329
Gennadiy Krasniskiy - 322
Aleksandr Yanovskiy - 297
Marat Kabayev - 275
Igor Shkvirin - 262
To‘lagan Isoqov - 252
Viktor Varyuxin - 245
Vladimir Shtern - 242
Azamat Abduraimov - 238
Mixail An - 232
Murod Aliyev - 232
Yuriy Pshenichnikov - 231
Vitaliy Suyunov - 230
Vladimir Tojirov - 225
Stanislav Andreev - 213
Anvar Soliyev - 205
Vladimir Kozak - 205
Idgay Tazetdinov - 202
Oleg Motorin - 200

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 21:53, 30.03.2020.
O'qildi: 2607 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.