"Nicematin" manbasining yozishicha, Roman Abramovich Fransiyadagi Antib hududi hokimiyatiga koronavirusga qarshi kurashda yordam bermoqchi. Buning sababi bitta – ushbu hududda Abramovichning villasi bor. U bu yerda dam olishni xush ko‘radi.
Hokimiyat vakillari Abramovichning o‘zi yordam haqidagi taklif bilan chiqqanini ta’kidlashyapti. Ularning fikricha, bu biznesmenning hukumatga beg‘araz ko‘magi, xolos.