Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Lautaro «Real» klubiga o‘tishni xohlamaganini bilmasangiz kerak-a?

Lautaro «Real» klubiga o‘tishni xohlamaganini bilmasangiz kerak-a?

Baho:
+ | -

Argentinaning «Rasing» klubi prezidenti Viktor Blanko ayni paytda Italiyaning "Inter" klubida to‘p surayotgan Lautaro Martinesni Madridning "Real" klubi sotib olishga harakat qilgani haqida so‘zlar berdi.

«Bizga "Real" klubi skautlari tashrif buyurishdi va ular Lautaro borasida ijara shartnomasini tuzish niyatida ekanliklarini aytishdi. Shuningdek, hujumchini keyinchalik katta mablag‘ evaziga sotib olish uchun mo‘ljallangan ehtimoliy shartnoma ham mavjud ekanligini aytishdi. Lekin, Martinesni o‘zi "Real"ning bu taklifini rad etdi va "Rasing" klubining bir qismi sifatida sovrinlar yutish uchun "Real"ga bormasligini aytgandi.

Lautaro Martines o‘z oldiga maksimal natijalarni qo‘yadigan futbolchi sanaladi, u doim nima xohlayotganini biladi. «Real» uni o‘z safiga qo‘shib olish uchun qat’iy qaror qildi va bizga jiddiy taklif bilan chiqdi. Ammo, u o‘sha paytda "Rasing" klubida qolishni afzal bilgandi», — dedi Viktor Blanko.

Kiritildi: 22:54, 04.04.2020.
O'qildi: 4010 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик