Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Ayni damda sayyoramizning eng kuchli o‘ng qanot himoyachisi kim?

Ayni damda sayyoramizning eng kuchli o‘ng qanot himoyachisi kim?

Baho:
+ | -1

Stadion.uz bugungi kunda o‘ng qanot himoyasidagi eng chaqqon, tezkor va himoyalanishda benazir futbolchilar top-10ligi bilan tanishtirib o‘tadi.

Jovanni Di Lorenso («Napoli»; Italiya)

Ushbu ro‘yxatni Toma Menye yoki Mario Fernandes ochib berishi mumkin edi, biroq ularning bugungi kundagi o‘yin amaliyoti yetarli darajada emas. Jovanni esa, ulardan farqli o‘laroq, “Empoli” klubidan “Napoli”ga o‘tgach o‘z qirralarini namoyish etishni boshladi. Bejiz u bilan Van Bissaka darajasidagi futbolchisi bor “Manchester Yunayted” qiziqmayapti!

Serxi Roberto («Barselona»; Ispaniya)

Serxi ko‘rinmas qahramonlar sirasiga kiruvchi futbolchi sanaladi. U kabi futbolchilarning maydonda borligi ko‘zga tashlanmasligi mumkin, biroq usiz “Barselona” juda qiyin ahvolga tushib qoladi. Uning PSJ darvozasiga kiritgan goli tarixga aylanib bo‘ldi. Bir qarashda, Robertoning o‘yin uslubi yo‘qdek ko‘rinadi, biroq aslida u shu qadar universal futbolchiki, siz uning aslida qaysi pozisiya uchun yaratilganini ham sezmay qolasiz. Dani Alvesh jamoani tark etganidan keyin “ko‘k-anorranglilar” o‘ng qanotga Aleish Vidal, Nelson Semedu kabi himoyachilarni olib keldi, ammo ular ma’suliyatli va mehnatkash Serxini zaxiraga o‘tkazib qo‘ya olishmadi.

Kiran Trippyer («Atletiko»; Angliya)

O‘tgan yozda ingliz futbolchisi,kutilmaganda,Ispaniya klubi safiga o‘tib ketdi. Qahramonimiz Madridga va Simeonening o‘yin uslubiga tezda moslashib ketdi. U nafaqat hujumda, balki himoyada ham o‘zini ko‘rsatishni boshladi. Simeone uchun bu omil juda muhim ekanligini inobatga olsak, Kiran “Atletiko” safida uzoq muddatga qolishi aniq.

Kayl Uoker («Manchester Siti»; Angliya)

Bugungi kunda Angliya terma jamoasida o‘ng qanot himoyachilari bilan hech qanday muammo yo‘q. “Manchester Siti” futbolchisi bugungi kuchli o‘nlikda faqat 7-pog‘ona bilan cheklanishga majbur. Qahramonimiz 5 mavsumdan beri yuqori saviyada harakat qilmoqda. Kayl kerakli pallada so‘nggi himoyachiga va hatto jamoasi uchun darvozabonga ham aylanishi mumkin.

Benjamen Pavar («Bavariya»; Fransiya)

Bu nuqtada Kimmix ham paydo bo‘lishi mumkin edi, biroq bugungi kunda u markaziy yarim himoyadan joy olmoqda. Bugungi kunda JCH g‘olibi – Pavar “Bavariya” uchun almashtirib bo‘lmas futbolchiga aylanib bo‘ldi. Agar “Bavariya” Chempionlar ligasida g‘alaba qozonsa, Pavar ro‘yxatda yanada oldinlashi turgan gap.

Rikardu Pereyra («Lester»; Portugaliya)

Bundan ikki yil avval “Lester” hech kimga tanish bo‘lmagan qanot himoyachisi uchun 22 million yevro sarflaganida, barcha hayron qolgan edi. Bugungi kunga kelib Rikardoning transfer qiymati 65 million yevroga teng! Rodjers qo‘l ostida portugaliyalik futbolchi chinakamiga kashf etildi. 26 yoshli Pereyra bilan APLning barcha grand jamoalari qiziqib qolgani bejiz emas.

Aaron Van-Bissaka («Manchester Yunayted»; Angliya)

Qahramonimiz o‘zining top-klubdagi birinchi mavsumi bo‘lishiga qaramay, barchaning e’tiborini o‘ziga qarata oldi. “Qizil iblislar”ning asosiy tarkibidan muqim o‘rin olgan 22 yoshli himoyachi APLning yakakurashlarda g‘olib chiqish borasida mutlaq yetakchisi sanaladi. “Opta” nashri ma’lum qilishicha, Aaron bugungi kunda Yevropaning birga-bir vaziyatlardagi kurashlarning 84,6 foizida g‘olib chiqmoqda. Bu butun Yevropadagi eng yaxshi ko‘rsatkich degani!

Ashraf Hakimiy («Borussiya Dortmund», «Real Madrid»; Marokash)

Hakimiykatta futbolda shunchalar ko‘p yutuqlarga erishdiki, uning endi 21 yoshga to‘lganiga ishonish qiyin. Qahramonimiz Bundesligaga ko‘chib o‘tgach, 10ta gol va 17 ta assistqayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Uning transfer qiymati esa, 5 milliondan 60 million yevroga qadar ko‘tarildi. U o‘z davrining eng kuchli qanot himoyachisi sanaladi. Buni amalda isbotlash uchun “Real Madrid”da uning pozisiyasida harakat qilayotgan yigitni zahiraga o‘rindig‘iga o‘tkazib qo‘yishi kerak. Afsuski, bu oson ish emas…

Dani Karvaxal («Real»; Ispaniya)

Dani bir qarashda Hakimiysingari yorqin futbol namoyish etmas, biroq u o‘zining stabilligi, jismoniy imkoniyatlari va ishonchli o‘yini bilan shiddatli Hakimiyga “qirollik klubi”da o‘rin qoldirmadi. Qahramonimiz 7 mavsumdan beri o‘z pozisiyasida hokimlik qilmoqda. Bu orada qahramonimiz 4 bor Chempionlar ligasida zafar quchishga ham ulgurdi. Shunga qaramay, Karvaxal tempni tushirib yubormayapti. Bugungi kunda uning hisobida naqd 45 ta assist mavjud.

Trent Aleksander-Arnold («Liverpul»; Angliya)

Agar qanot himoyachilarning sermahsulligi borasida so‘z ketsa, bu ampluada hech kim Trentga bas kela olmaydi. “Liverpul” uchun 125 ta o‘yinda maydonga tushgan o‘ng qanot himoyachisi 34 ta assistni amalga oshiribgina qolmay, 6 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Pressingda, hujumda, qarshi hujumda, jamoaviy himoyada “Liverpul” uchun katta naf keltirayotgan Aleksander-Arnoldning ajoyib birinchi pasni amalga oshirishini ham e’tirof etish joiz. “Barselona”ni “Enfild”da “ushlab olgan” Trend ayni damda sayyoramizning eng kuchli o‘ng qanot himoyachisi bo‘lib turibdi. U har jabhada bugungi ro‘yxatimizdagi futbolchilardan bir qadam oldinda.

 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 07:44, 05.04.2020.
O'qildi: 6834 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.