Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

«Inter» o‘z futbolchisining shartnomasini yana ikki yilga uzaytirib qo‘ymoqchi

«Inter» o‘z futbolchisining shartnomasini yana ikki yilga uzaytirib qo‘ymoqchi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Inter» klubi jamoa tayanch yarim himoyachisi Marselo Brozovich bilan yangi shartnoma tuzish ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Yangi shartnomada futbolchining 60 millionlik tovon puli ko‘rsatilmaydi deya xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.

Brozovichning amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyigacha amal qiladi. Manbaning yozishicha, yangilanishi kutilayotgan shartnomaning muddati 2024 yilning o‘rtasigacha ko‘zda tutilgan.

27 yoshli Brozovich «Inter» klubi safiga 2015 yilning yanvar oyida Zagrebning «Dinamo» klubidan kelgandi.

Brozovich joriy mavsumda 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol kiritish bilan bir qatorda, 5 ta golga pas uzatdi.

Kiritildi: 21:02, 05.04.2020.
O'qildi: 2346 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик