Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

«Paxtakor» birinchi o‘yinini o‘tkazganiga 64 yil to‘ldi

«Paxtakor» birinchi o‘yinini o‘tkazganiga 64 yil to‘ldi

Baho:
+ | -

1956 yil 8 aprel kuni "Paxtakor" o‘zining ilk rasmiy uchrashuvida maydonga tushgan.

1951 yil Toshkentda "Paxtakor" qishloq sport jamiyati tashkil etilgan, ammo futbol jamoasi sifatida faoliyatini "Paxtakor" 1956 yil yanvar oyidan boshlagan. Murabbiylikka "Dinamo" Moskvadagi ishi bilan tanish bo‘lgan taniqli mutaxassis Valeriy Bextenev taklif etilgan. 1955 yil Odessada bo‘lib o‘tgan qishloq jamoalari o‘rtasida Sobiq Ittifoq birinchiligida "Paxtakor" qatnashgan. Chempionatlardagi ilk rasmiy uchrashuvi esa 1956 yil 8 aprel sanasiga to‘g‘ri kelgan.

Dastlabki uchrashuvlarini O‘zbekistonning bosh jamoasi Toshkentning eski shahar qismida joylashgan "Spartak" stadionida o‘tkazgan. Chunki ayni paytda yurtimizning bosh arenasiga aylangan "Paxtakor" stadioni 1956 yilning avgust oyida ishga tushirilgan.

Birinchi rasmiy bellashuv ikkinchi liganing "B" klassi doirasida 1956 yilning 8 aprel kuni o‘tkazilgan. Unda Perm viloyatining Molotov shahri jamoa bilan to‘qnash kelgan "Paxtakor" 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. O‘yin qaydnomasi bilan tanishing:

"Paxtakor" - Perm shahri jamoasi - 1:0 (1:0). "Spartak" stadioni.
"Paxtakor": Pyotr Volostnov, Akmal Azizxo‘jayev, Anatoliy Kozenkov, Vitaliy Vitkalov, Idgay Tazetdinov, Qobil Muqimov, Yakov Kaprov, Laziz Maqsudov, Vladimir Kanunnikov, Aleksandr Murashov, Mixail Borkin.
Gol: Laziz Maqsudov, 44-pen.

Hozirga kelib "Paxtakor" 12 martadan O‘zbekiston chempionatida va Kubogi, yana bir bor Liga Kubogida zafar quchib, mamlakatimizning eng sovrindor jamoasiga aylangan. Chempionlar Ligasida yurtimiz sharafini eng ko‘p bor himoya qilib, ikki marta yarim finalda o‘ynagan jamoa ham "Paxtakor" hisoblanadi.

1956 yil shu sanada "Paxtakor" ushbu tarkib bilan birinchi rasmiy o‘yinini o‘tkazgan.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 04:53, 08.04.2020.
O'qildi: 2169 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик