Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Xayrulla Hamidov maqolasi: "Qora mehnat ijrochisi"

Xayrulla Hamidov maqolasi: "Qora mehnat ijrochisi"

Baho:
+ | -

To‘qqizinchi aprel. Blez Matyuidi. Fransiya terma jamoasi a’zosi va Yuventus yarim himoyachisi. Yaqinda koronavirusga chalingan va bu kasallik bilan kurashib, hozirda o‘zini yaxshi his qilyotganini aytgan aytganini bilasiz. 33ga kirgan Blez ko‘p jamoada o‘ynamagan. Yoshligida Trua va Sent-Etyen. Keyin o‘zi orzu qilgan PSJ.

Parijliklar libosini kiyishni bolaligidan diliga tugib qo‘ygan, deyishadi. Jey-jey Okocha kumiri bo‘lgan. Uning libosini kiyib ulg‘aygan Matyuidi keyinchalik ushbu klub tarkibida 4 karra Fransiya chempioniga aylandi. 2017 yildan boshlab Yuventus safiga kelib qo‘shildi. Ikki mavsum va ikki chempionlik. Fransiyada uning harakatini ko‘rib, ikkita o‘pkasi bor yigit deyishardi. Qisqa paslar ustasi, aniq uzatmalari to‘qson foizdan pastga tushmagan. Yetti mavsumdan buyon. Qora ishni tortinmay qilaveradi.

Yoshligida gidronefroz bilan og‘rigan. Buyrakning kattalashishi. Besh yoshida bu kasallikning jiddiy simptomlari kuzatilgan. 12-13 yoshida takroriy to‘lqin. Blez futboldan mahrum qilmasliklari uchun og‘riqlariga chidab yashagan. Lekin fransiyalik do‘xtirlar uni tuzatishga muvaffaq bo‘lishgan. Koronavirusga chalinganiga ham shu kasalligi sabab, deyilmoqda. Oilasi bilan shahardan uzoqda yashashni xush ko‘radi. Butiklar yo‘q joylarda, deb kuladi. Angola va Fransiya bolalariga yordam berishga ixtisoslashgan fond ochgan. Qatarlik shayxlar PSJni sotib olishganidan so‘ng birinchi xarid qilingan o‘yinchi Matyuidi bo‘lgan.

Hozirda faoliyatining oxirgi yillarini Yuventusda o‘tkazmoqda va ko‘p ehtimol keyingi yil ketsa kerak. Ammo uning eng katta natijasi klublarida emas, terma jamoasida. Jahon chempioni. Shu bois, Krishtianu Ronaldu Yuvega olib kelinganida, turinliklar rahbari portugalni jamoaga chempionlar ligasi kubogini yutib beradigan xarakter sifatida tanishtirganida, Blez “haliroq kirsang, jahon kubogini qanday yutishni o‘rgataman” deb kulib qo‘ygan. Ana shunday iste’dodning qora mehnatlari ko‘pincha soyada qolib ketadi.

Manba: Хайрулла Ҳамидов телеграм канали
Kiritildi: 08:30, 09.04.2020.
O'qildi: 3871 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик