Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/05 19:00 Bunyodkor 3-2 Lokomotiv
23/05 23:45 Kalyari - Fiorentina

O‘zbek boksi yulduzi — Murodjon Ahmadaliyev haqida

O‘zbek boksi yulduzi — Murodjon Ahmadaliyev haqida

Baho:
+ | -

Murodjon Ahmadaliyev 1994 yil 3 noyabrda Namangan viloyati, Chust shahrida tug‘ilgan. 3 qizdan keyin 4-farzand bo‘lib dunyoga kelgan. Dastlab futbol, stol tennisi, keyinchalik suzish bilan shug‘ullandi. Oradan bir oz vaqt o‘tib yaqin do‘sti Alisherning boks bilan shug‘ullanayotganini ko‘rib, unda ham bu turga qiziqish uyg‘ondi va otasi Qahhorjon aka Murodjonni murabbiy Qobiljon Karimovga topshirdi.

O‘sha vaqtlar mana shu kichkinagina jussali o‘smirni vaqti kelib katta sport olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lishini hech kim tasavvur ham qilmagan bo‘lsa kerak. Onasi Oyisha opa uni avtohalokatda jiddiy jarohat olgandan so‘ng endi sportda qolmasa kerak deb taxmin qilgandi, chunki ketma-ket jarrohlik operasiyalari bolani ancha toliqtirib qo‘ygandi. Oradan yillar o‘tdi. Murodjon Chirchiq olimpiya zaxiralari maktab internatining boks bo‘limida mashg‘ulotlarni davom ettirdi. Bu yerda unga tajribali murabbiy va olimpiya o‘yinlari sovrindori Rustam Saidov va To‘lqin Qilichev ustozlik qildi. Dastlabki musobaqalar, mag‘lubiyatlar, g‘alaba nashidasi uni haqiqiy bokschi bo‘lib kamol topishida katta maktab vazifasini o‘tadi. Murodjon o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempioni.

Erishgan natijalari:

2012-yil: Yerevanda o‘smirlar o‘rtasida o‘tgan Jahon chempionati kumush medal (-49 kg)

2013-yil: O‘zbekiston chempioni. Sankt-Peterburg, Gubernator kubogi g‘olibi. Osiyo chempionati ishtirokchisi

2014-yil: S.Jekson xalqaro turniri g‘olibi, Osiyo o‘yinlari ishtirokchisi

2015-yil: Dohada o‘tgan Jahon chempionati kumush medali sovrindori. Bangkok mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida 2-o‘rin. "Strandja" kubogi g‘olibi

2016-yil: Rio-de Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlari bronza medali sovrindori (-56 kg)

2017-yil: Toshkent. Osiyo chempionati oltin medali sohibi.

Aynan Toshkentdagi musobaqadan so‘ng Murodjon Ahmadaliyev professional boksda faoliyatini davom ettirishga qaror qildi. 2020 yilga kelib, u o‘zining sakkizinchi jangidayoq WBA va IBF yo‘nalishlarida chempionlik kamarlari sohibi bo‘ldi. Bu orqali u professional boksda 42 yillik natijani takrorladi. Bungacha prof boksda faqat Leon Spinks 8 ta jangda ikkita chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.

Bokschimizning ushbu yutug‘i mamlakatimiz rahbari e’tiboridan ham chetda qolmadi va bokschimizga "O‘zbekiston iftihori" faxriy unvoni topshirildi.

Xar bir chempionning xayot yo‘liga nazar solar ekansiz bu yo‘llar bir tekis o‘tmaganligiga amin bo‘lasiz. O‘z hayot kitobini oltin harflar bilan tarixga muhrlab borayotgan Murodjon yangidan-yangi maqsadlar sari odimlab bormoqda. Biz unga ushbu yo‘lda omad tilab qolamiz.

O‘zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati

Manba: https://t.me/boxinguzbekistan
Kiritildi: 12:55, 11.04.2020.
O'qildi: 6354 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.