Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 23:45 Monsa - Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol - Elche
19/09 00:00 Brentford - Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona

Ravshan Ermatov barcha yoshdagi terma jamoalarimiz bosh murabbiylari bilan videomuloqot o‘tkazdi

Ravshan Ermatov barcha yoshdagi terma jamoalarimiz bosh murabbiylari bilan videomuloqot o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ayni paytda koronavirus pandemiyasi sabab deyarli barcha mamlakatlarda futbol uchrashuvlari vaqtincha to‘xtatilgan. Jumladan, mamlakatimizda ham futbol mavsumi karantin sabab vaqtincha tanaffusga chiqqan.

Lekin O‘zbekiston futbol assosiasiyasining barcha bo‘linmalari karantin qoidalarga to‘liq rioya qilgan holda o‘z faoliyatini masofadan turib davom ettirmoqda.

Shu jumladan, terma jamoalar bo‘limi vakillari, turli yoshdagi terma jamoalarimiz murabbiylar shtabi ham belgilangan vazifalar bo‘yicha ish olib borishyapti. Onlayn videomuloqot orqali amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilib borilmoqda.

Bugun O‘FA Birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov barcha yoshdagi terma jamoalarimiz bosh murabbiylari bilan videomuloqot o‘tkazdi. Muloqot jarayonida koronavirus sabab yuzaga kelgan ayni tanaffus, uning terma jamoalar taqvim rejasiga ko‘rsatadigan ta’siri, ushbu vaqt oralig‘ida terma jamoalarga nomzod futbolchilarning sport formasini barqaror tarzda ushlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar kabi masalalar batafsil muhokama etildi. Har bir terma jamoa ustozi o‘z qo‘l ostidagi jamoaga nomzod futbolchilar bilan muntazam aloqada ekani haqida ma’lumot berib, murabbiylar shtabi tomonidan futbolchilar uchun uyda bajarish lozim bo‘lgan mashg‘ulotlar majmuasi ishlab chiqilgani hamda o‘yinchilar uy sharoitidagi mashg‘ulotlari xususida axborot berib borishayotgani ta’kidlandi.

Qolaversa, terma jamoalar bo‘limi karantin davri tugagach barcha yoshdagi terma jamoalar uchun zarur o‘yin hamda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etish borasidagi ishlarni aslo to‘xtatmagani alohida qayd etildi.

Ta’kidlash lozim, bu kabi videomuloqotlar muntazam ravishda o‘tkazib boriladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 18:04, 11.04.2020.
O'qildi: 2721 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик