Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Xayrulla Hamidov maqolasi: Lippi siymosi

Xayrulla Hamidov maqolasi: Lippi siymosi

Baho:
+ | -

12 aprel kuni murabbiylik sohasida porlagan Marchello Lippini eslaymiz. Chunki u bugun 72 yoshini Italiyaning og‘ir kunlarida nishonlamoqda. Kecha Bobbi Murni eslagandik. Lippi undan farqli ravishda yetukligini maydonda emas, maydon chetida namoyish etgan. Italiya futbolining yorqin inqilobchisi, oxirgi jahon chempionligining bunyodkori hisoblanadi.

Marchello Lippi Italiyaning ko‘p klublariga murabbiylik qilgan va eng yaxshi mavsumlari “Yuventus” bilan bog‘liq. Jamoani besh marta skudetto sohibi qilgan, bir marta YECHL g‘olibi... Tarixda birinchi bo‘lib ham jahon chempionligini, ham YECHLni qo‘lga kiritgan murabbiy ham qahramonimiz bo‘ladi.

Bir ketib qaytib kelgach ham Turin klubini mamlakat chempioni qila oldi, YECHLning finaliga chiqdi, to‘g‘ri u yerda penaltilar seriyasida “Milan”ga yutqazgan bo‘lsa-da, o‘yin tomonlama tengma-teng raqobat ko‘rsatgandi. Bu natijani ham Lippining foydasiga yozib qo‘yamiz. “Yuventus”ni yaxshi bilgan insonni terma jamoaga bosh qilish taklifi kimdan chiqqan bilmadigu, lekin juda to‘g‘ri qaror bo‘lgan. Sababi, skuadro adzurra aynan “Yuve” tarkibidagi o‘yinchilarga qurilardi. Darvozabon, himoya va yarim himoyadagi kreativ yigitlarga.

Shu bois, juda ko‘p mashhur futbolchilar bilan katta janjallarga boradigan Marchello Germaniyada o‘tgan mundialda shohsupaga chiqa oldi. Porlagan yigitlarning asosiy qismi ham“Yuventus” vakillari bo‘lishdi. Darvozadan tortib, ko‘p gollarni urgan yigitlargacha.

Lippi to‘qsoninchi yillar oxirida Badjo bilan kelisha olmagani haqida ko‘p eshitganmiz. Bu voqea 94-yilgi mundialdan so‘ng, Roberto o‘rnini asta-sekin Del Pyeroga berib qo‘yayotgan paytga to‘g‘ri keladi. Hatto ba’zi manbalarning aytishicha, Robi atayin asosiy tarkibdan chetlatilgan, Lippi undan jamoa ichkarisidagi gaplarni yetkazib berishni so‘raganida, rad javobini eshitgani uchun, deyishadi.
 
“Inter”ga o‘tganida ham Badjo bilan janjali davom etgan. Bu safar Moratti qarshilik ko‘rsatgani va natijalar yomonlashib ketgani uchun Lippi iste’foga chiqarilgan.

Mayli, bu gaplar muhimmas. Muhimi, Lippi Italiya futbolini og‘ir paytda – aynan uni ishga olgan Modjiga bog‘liq voqealar davrida jardan olib chiqolgani bilan eslanadi. Uning Badjo, Kassano, Di Vayo va yana ko‘pgina iqtidorlarni chiqishtirmagani esa, murabbiylik ishi deb baholanaversa kerak. Skuadro adzurraning oxirgi bor kubok ko‘targani lavhasini ko‘rganimizda Marchello Lippini ko‘ramizmi, demak, hozircha u mamlakatida oxirgi magikan, oxirgi afsona...

Xayrulla Hamidov

Manba: @xayrulla_hamidov

Марчелло Липпининг Италия учун амалга оширган энг катта иши — мундиал ғолиблиги!

Kiritildi: 07:09, 12.04.2020.
O'qildi: 3624 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик