Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Eng ko‘p avtogol muallifi kim?

Eng ko‘p avtogol muallifi kim?

Baho:
+ | -

Stadion.uz o‘z darvozasiga gol kiritish borasida mutlaq tengsiz bo‘lgan futbolchilar bilan tanishtirib o‘tadi.

Biz to‘purarlik borasida yetakchi futbolchilar yodga olamizu, biroq avtogol kiritish borasida “etakchi”larni unutib qo‘yamiz. Bugun e’tiboringizga o‘z darvozasiga gol kiritish borasida mutlaq rekordchi futbolchilar “top-5”ligini namoyish etamiz.

5-o‘rin. Manfred Gals

Germaniya terma jamoasi bilan birgalikda 1980-yilda bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan futbolchi 1991-yilda o‘z futbolchilik faoliyatiga nuqta qo‘ygan.

Qahramonimiz futbolchilik faoliyati davomida 3 ta klub sharafini himoya qilgan bo‘lsa-da, asosan “Gamburg” futbolchisi sifatida barchaga yaxshi tanish. Eng qizig‘i shundaki, “Gamburg” sardori hisobida 6 ta avtogol mavjud.

4 o‘rin. Nikolche Noveski

O‘zini Bundesligaga bag‘ishlagan yana bir futbolchi. Makedoniya terma jamoasi sardori sifatida uzoq muddat to‘p surgan futbolchi Germaniyaning “Mayns”, “Ganza” va “Ersgebirge” jamoasi sharafini himoya qilgan Noveski haqida ko‘pchilik eshitmagan bo‘lishi mumkin, biroq uning o‘z darvozasiga 6 ta avtogoli sababli bugun yodga olamiz.

Qahramonimiz 2015-yilda 36 yoshda butsalarini mixga ildi. Ayni damda u Bundesliganing quyi dvizionlaridagi jamoalar akademiyasida faoliyat olib bormoqda.

3 o‘rin. Uesli Braun

2018-yilda Hindistonda futbolchilik faoliyatiga nuqta qo‘ygan Braun ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilib ketgan bo‘lsa, ajab emas. O‘z vaqtida “Manchester Yunayted” safida Chempionlar ligasida zafar quchgan futbolchi 38 yoshiga qadar “Sanderlend”, "Blekbern Rovers" singari jamo«larda to‘p surdi va 6 bor jamoadoshlarini xafa qildi.

2 o‘rin.Jeymi Karrager

“Liverpul” jamoasining tirik afsonasi butun faoliyatini aynan mersisaydliklarsafida o‘tkazgan. Aynan shu sababli klub muxlislarining mehrini qozongan desak, adashmagan bo‘lamiz.

Klub muxlislari Karrager sevimli jamoalari darvozasini naqd 7 bor ishg‘ol qilganiga qaramay ham hurmat qilishadi. Qahramonimiz o‘zining ishochli o‘yini bilan 7 ta avtogolni yuvib yuborgan desak, adashmagan bo‘lamiz.

Jeymi 2013-yilda 36 yoshida butsalarini mixga ildi. Himoyachi “qizillar” safida naqd 700 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

1 o‘rin. Richard Dann

Irlandiyalik futbolchi yaqindagina o‘zining 40 yoshini qarshi oldi. Bundan 5 yil ilgari katta futboldan ketgan Richardning so‘nggi jamoasi Shotlandiyaning “Glazgo” klubi bo‘ldi.

Shunday bo‘lsada, Dann asosan APL klublarida o‘tkazgani bilan barchamizga yaxshi tanish. Faoliyatli davomida “Manchester Siti”, “Everton” va “Aston Villa” singari katta klublarda harakat qilgan himoyachi kuchli beshlik doirasida eng ko‘p o‘z darvozasini ishg‘ol qilganlar orasida birinchi o‘rinda bormoqda.

Uning hisobida oz emas, ko‘p emas, naq 10 ta avtogol mavjud.

 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:32, 13.04.2020.
O'qildi: 6030 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.