Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

«U o‘sha kuni bunga loyiq edi». Materassi Balotellini qanday qilib urganini xotirladi

«U o‘sha kuni bunga loyiq edi». Materassi Balotellini qanday qilib urganini xotirladi

Baho:
+ | -

«Inter» va Italiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Marko Materassi sobiq jamoadoshi Mario Balotelli bilan qanday qilib janjallashgani haqida so‘zlar berdi.

Hodisa 2010 yili "Inter" hamda "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng, maydonni tark etayotgan Balotelli futbolkasini maydonga uloqatirvorganidan so‘ng sodir bo‘lgan.

— To‘g‘ri, men uni urganman. Men Marioni yaxshi ko‘raman, lekin u o‘sha kecha haqiqatdan ham kaltak yeyishga loyiq edi. Endi biz u bilan do‘st bo‘ldik, aka-uka bo‘ldik desam ham bo‘laveradi, lekin u o‘sha kuni qilishi mumkin bo‘lmagan ishni qilgandi, — dedi Materassi.

— O‘yin yakuniga yetganidan so‘ng futbolkani maydonga uloqtirish yomon ish emasdi. O‘yindan oldin u avtobusda bizga bugun yomon o‘ynashini aytdi. Shuning uchun men u agar shunday qiladigan bo‘lsa, o‘z "nasibasi"ni olishini aytdim. U maydonga tushganida jamoadoshiga pas uzatadigan paytda maydon markazidan turib raqib darvozasi tomon zarba yo‘lladi. Diyego Milito uni o‘ldirmoqchi bo‘ldi. Biz Marioga ishondik, u ko‘plab gollar urdi va jamoamizga muhim bo‘lgan g‘alabalarni keltirdi, ammo, shundan bir hafta o‘tgach, men bosh murabbiyimiz Mourinyodan meni mashg‘ulotlarga Balotelliga qarshi qo‘yishini so‘radim. Bir necha soniyalardan keyin men uni kiyinish xonasiga jo‘natib yuborishimni aytdim.

— Menga uning otasi juda yoqar edi. «Rubin»ga qarshi Qozondagi uchrashuvdan so‘ng otasi Marioga: «Menga sening o‘yning yoqmadi, sen jamoadoshlaring bilan birga o‘ynashing kerak edi. Qizlar bilan yurishni bas qil!»-degandi.

Italiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Materassi Fransiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Zinedin Zidan bilan bog‘liq bo‘lgan JCH-2006 finalidagi voqeani ham xotirladi.

— Fransiyaliklar Zidanni himoya qilishdi, lekin men haqiqiy italiyaliklar deb hisoblamaydigan jamoadoshlarim esa meni qo‘llab-quvvatlashmadi. Men vatanparvarman, har doim Italiya bayrog‘ini himoya qilaman. Ularning tanqidlari menga Jahon Chempionatidan keyin salbiy ta’sir qildi. O‘sha odamlar men yurgan yerni o‘pishlari kerak edi, ular finalda qanday yutganimni ko‘rishgandi"-dedi janjalkash, vatanparvar himoyachi.
Materassi futbolchilik faoliyatini 2011 yili tugatgandi.U Italiya terma jamoasi safida 41 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Kiritildi: 01:35, 17.04.2020.
O'qildi: 4822 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.