Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 0-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Ziko: «Bunyodkor»dan ketmasdan umrim oxirigacha yetadigan pul ishlab olishim mumkin edi

Ziko: «Bunyodkor»dan ketmasdan umrim oxirigacha yetadigan pul ishlab olishim mumkin edi

Baho:
+ | -

Bunyodkor» klubining braziliyalik sobiq bosh murabbiyi Ziko toshkentliklar safidan SSKAga o‘tib ketgani haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

— Bir necha yillar avval SSKA klubida ishlagansiz. Hammasi nimadan boshlangandi?

— O‘zbekistonda ishlardim, ta’til vaqtida Braziliyaga ketdim va SSKAning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi Palau Payshau menga qo‘ng‘iroq qildi. U bilan Braziliya terma jamoasi orqali tanish edim. Payshau SSKA prezidenti men bilan suhbatlashmoqchi ekani haqida aytdi.

— Tezda kelishib oldingizmi?

— O‘sha zahotiyoq. Menga taklif berishdi va uni qabul qildim. Hech qanday shubha bo‘lmadi, chunki SSKA — mashhur jamoa. Faqatgina «Bunyodkor»dan ketish qiyin bo‘ldi. Juda qiyin. U yerda futbol rivoji uchun ko‘p ishlar qilingandi. Garchi O‘zbekistondagi infrastruktura mukammal holatda bo‘lmasa ham. Bu yerda esa UYEFA Kubogi va Chempionlar Ligasi darajasiga ko‘tarilish imkoniyati tug‘ildi. Bu men uchun puldan muhim edi.

— SSKAda maoshingiz kamaydimi?

— Ha, O‘zbekistonda qolishim va umrim oxirigacha yetadigan pul ishlashim mumkin edi, biroq men uchun futbol darajasi yuqoriroq edi. O‘zbekistonda jamoa bilan to‘rt oy ichida mamlakat chempionligi va Kubogini qo‘lga kiritdik, Osiyo Chempionlar Ligasi finaliga chiqishimizga hakamlarning xatosi to‘sqinlik qilib qoldi, — deydi Ziko.

Ma’lumot uchun, Ziko 2008 yilning kuzida «Bunyodkor» bosh murabbiyi etib tayinlanadi. U Mirjalol Qosimovning o‘rnini egallaydi. Biroq 2008 yilgi mavsum yakunlangach SSKAga yo‘l oladi. 2009 yilning yozida esa «Bunyodkor» yana bir braziliyalik afsonaviy murabbiy Luis Felipe Skolarini olib keladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 01:48, 19.04.2020.
O'qildi: 6787 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.