Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Terma jamoalarga nomzod futbolchilar karantin qoidalariga rioya qilgan holda uyda mashg‘ulotlarni davom ettirishmoqda

Terma jamoalarga nomzod futbolchilar karantin qoidalariga rioya qilgan holda uyda mashg‘ulotlarni davom ettirishmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, ayni vaqtda koronavirus pandemiyasi sabab deyarli butun dunyoda futbol uchrashuvlari vaqtincha to‘xtatilgan. Shu jumladan, mamlakatimizda ham futbol mavsumi karantin sabab vaqtincha tanaffusga chiqqan.

Lekin bu futbolchilar kundalik mashg‘ulotlarni to‘xtatganini anglatmaydi. Turli yoshdagi terma jamoalarimizga nomzod futbolchilarning barchasi karantin qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda uy sharoitida mashg‘ulotlar o‘tkazib borishmoqda.

Ushbu jarayonni O‘zbekiston futbol assosiasiyasi terma jamoalar bo‘limi vakillari, shuningdek terma jamoalarimiz murabbiylar shtabi muntazam nazorat qilib bormoqda.

O‘tgan hafta O‘FA Birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov barcha yoshdagi terma jamoalarimiz bosh murabbiylari bilan videomuloqot o‘tkazib, unda koronavirus sabab yuzaga kelgan ayni tanaffus, uning terma jamoalar taqvim rejasiga ko‘rsatadigan ta’siri, qolaversa ushbu vaqt oralig‘ida terma jamoalarga nomzod futbolchilarning sport formasini barqaror tarzda ushlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar kabi masalalar batafsil muhokama etilgan edi.

Bugun O‘FA rahbariyati, terma jamoalar bo‘limi vakillari, U-16 hamda U-19 terma jamoalarimiz ustozlari ushbu yoshdagi terma jamoa a’zolari bilan videomuloqot orqali bog‘lanib, ularning uy sharoitidagi mashg‘ulot jarayonini bevosita kuzatib borishdi. Iliq ruhda o‘tgan muloqot jarayonida futbolchilar murabbiylar shtabi tomonidan ishlab chiqilgan uyda bajarish lozim bo‘lgan mashg‘ulotlar majmuasini muntazam bajarib borishayotganini, bu orqali sport formasini imkon darajasida yaxshi ushlashga intilishayotganini, qolaversa karantin davrida uyda vaqtni mazmunli o‘tkazishga harakat qilishayotgani ta’kidlab o‘tishdi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 06:15, 20.04.2020.
O'qildi: 2873 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.