Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Gulnora Saidova: “Asosiy vazifamiz – qilichbozlik sportini rivojlantirish”

Gulnora Saidova: “Asosiy vazifamiz – qilichbozlik sportini rivojlantirish”

Baho:
+ | -

Keyingi yillarda  O‘zbekistonda qilichbozlik sportining rivojlanishi sur’atlari ortmoqda. Qilichbozlarimiz jahon birinchiliklarida muntazam ishtirok etib, jahon  kubogi,  Osiyo chempionatida sovrinlarni o‘rinlarni egallashmoqda. Bu haqda biz O‘zbekiston Qilichbozlik federasiyasining Bosh kotibi Gulnora Saidova bilan suhbatlashdik.

– Eng avvalo, keyingi yillarda mamlakatimizda qilichbozlik sportini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalsak.

– Keyingi yillarda qilichbozlik sportini rivojlantirish   federasiyamiz tomonidan ishlab chiqilgan puxta reja bo‘yicha amalga oshirilmoqda. To‘g‘ri, bungacha sportning ushbu yo‘nalishi bo‘yicha biror ish qilinmagan desak adolatdan bo‘lmaydi. Qilichbozlik sportining jonkuyarlari bo‘lgan trenerlar  fidoyilik ko‘rsatib ishlashardi, yosh sportchilarimiz Osiyo birinchiliklarida sovrinlarni o‘rinlarni egallashardi. Shu  bilan birga,  sportchilarni saralash, ularning mahoratini oshirish, ruhiy tayyorlashda  xatolar ham uchrab turardi. Bu esa qilichbozlik sportini rivojlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

O‘zbekiston Qilichbozlik federasiyasi raisi etib saylangan R.M. Shoabdurahmanov oldimizga ushbu sport turini rivojlantirish bo‘yicha strategik rejani ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasini qo‘ydi. Ushbu rejani tayyorlashda sport fahriylari, trenerlar, federasiyaning mintaqaviy bo‘limlari rahbarlarining fikr-mulohazalari hisobga olindi.

Mamlakatimizda qilichbozlik sportini rivojlantirish strategik rejasini amalga oshirishga yurtdoshimiz, O‘zbekiston vatanparvari, sobiq Ittifoqda xizmat ko‘rsatgan sportchi, jahon chempioni, hozir Panamerika Qilichbozlik konfederasiyasining prezidenti Vitaliy Nikolayevich Logvin juda katta hissa qo‘shayotganligini alohida ta’kidlash kerak. U O‘zbekiston Qilichbozlik federasiyasi faoliyatini takomillashtirish, eng asosiysi – sportchilarimizning mahoratini sifat jihatidan yuqori darjaga ko‘tarish, ularning xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini ta’minlashga yordam ko‘rsatish taklifini mamnunlik bilan qabul qildi va bu masalada bizga juda katta yordam ko‘rsatib kelmoqda.

Natijada keyingai yillarda mamlakat terma jamoasi tarkibi yangilandi. Bugungi kunda bizning eng  katta umidimiz o‘smir va yosh sportchilardan.  Trenerlar tarkibi ham jiddiy ravishda o‘zgartirildi. Trenerlar bo‘lajak chempionlar jamoasini tayyorlashga kirishgan.

Sobiq sportchi sifatida men milliy tarma jamoamiz  bosh treneri etib uch karra olimpiya chempioni, ko‘p marta jahon chempioni bo‘lgan Vladimir Aliverovich Nazlimov tayinlanganligini bo‘lajak g‘alabalarimizning asosi deb hisoblayman. Vladimir Aliverovich fidoyilik, g‘oliblik timsolidir. U bizning hammamizni – har bir trener, sportchini g‘alaba qozonishga ruhlantirmoqda. Biz shu maqsad yo‘lida astoydil ish olib borish, mashq qilish, yuksak natijlarga erishishga intilmoqdamiz Biz hammani – trenerlar, sportchilar, rahbarlarni jipslashtirishga muvaffaq bo‘ldik  va yagona maqsad – faqat g‘alaba qozonishga erishishga harakat  qilmoqdamiz.

Xalqaro qilichbozlik federasiyasining prezidenti hurmatli Alisher Burxonovich Usmonov jahonda qilichbozlikni ommalashtirish, sportimizni qo‘llab-quvvatlash uchun  beqiyos sa’y-harakatlar qilmoqda. Biz Alisher Burxonovich o‘zbek qilichbozlarining dastlabki muvaffaqiyatlaridan mamnunligidan xabardormiz. O‘zbek qilichbozlarining asosiy vazifasi –  xalqaro darajadagi barcha musobaqalarda fahriy shohsupada bo‘lish ekanligini chin dildan his etib turibmiz. Shpagachimiz Hasan Baudunov  bu yil jahon reytingida  o‘smirlar o‘rtasida dunyoning 450 sportchisi orasida 6-o‘rinni egallab  turibdi. U o‘smirlar o‘rtasida Jahon kubogining qator musobaqlarida  g‘olib chiqqqan va sovrindorlar qatoridan o‘rin olgan. Sablya bo‘yicha  qizlarimiz va o‘smirlarimiz Jahon kubogi sovrindorlaridir. Qizlarimiz jamoasi esa o‘smirlar o‘rtasida jahonning eng kuchli o‘n jamoasi safidan o‘rin olgan.

Bu chempionlik sari uzoq va murakkab yo‘ldagi dastlabki odimlardir. Biz hammamiz – sportchilar va trenerlar bu yo‘ldan olg‘a shahdam qadam tashlashga azmu qaror qilganmiz.

O‘zbekiston qilichbozlik federasiyasi nomidan Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga, mamlakatimiz rahbariyatiga  hozirgi murakkab sinovli paytda sportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotganliklari uchun ularga cheksiz minnatdochiligimizni bildirmoqchimiz. Xalqimiz, sizlar bizga  ishonch bildirayotganligingiz uchun askarlardek Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilishga, yangi g‘alabalar bilan hursand qilishga tayyormiz.

-Hozirgi karantin paytida federasiyaning faoliyati qanday yo‘lga qo‘yilgan, trenerlar qanday ish olib bormoqda?

– Afsuski, koronavirus pandemiyasi bizning trenerlarimiz va sportchilarimizning rejalarni butkul buzib yubordi. Ammo shunga qaramasdan biz mashqlarni hozircha onlayn tarzda izchil davom ettirmoqdamiz. Tashkil etgan onlayn guruhimizga milliy terma jamoamizning barcha sportchilari va trenerlari (60 nafardan ko‘proq kishi)  kiritilgan. Haftalik mashqlarni o‘tkazish rejasi ishlab chiqilmoqda, sportchilar bajarishlari shart bo‘lgan aniq vazifalar belgilab berilmoqda. Trenerlar kuniga ikki martadan mashqlar o‘tkazadi. Texnik sabablarga ko‘ra onlayn tartibida mashq qila olmayotgan sportchilar ham topshiriq olishmoqda va ular ushbu topshiriqlar bajarilishi tasvirga tushirilgan videolarni jo‘natib turishmoqda. Umuman, hammasi yo‘lga qo‘yilganiga qaramasdan sportchilarda ruhan charchoq, raqiblar bilan jang olib borish yetishmayotganligi sezilmoqda. Chunki ular ham, trenelar ham mashqlarni boshqacha tarzda o‘tkazilishiga o‘rganib qolgan edilar. Buni hisobga olgan holda sportchilarni chalg‘itishga, ular uchun tanlovlar tashkil etishga harakat qilmoqdamiz. Yaqin orada mashqlarni sport zallarida boshlab yuborish umididamiz.

– O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari  bilan ish qanday yo‘lga qo‘yilgan?

– Yuqorida aytib o‘tilganidek, biz barcha sportchilar bilan har kuni aloqadamiz. Shifokorimiz har kuni sportchilar va trenerlar bilan bog‘lanib, ularning jismoniy holatidan xabar oladi. Ular tana haroratlarini o‘lchab, shifokorga ma’lum qilishadi.Hozir Rossiyada bo‘lgan  milliy terma jamoamiz a’zolari Yana Obvinseva va Yana Alborova bilan o‘zim doim aloqadaman.  Ular ham uy sharoitida mashqlarini bajarmoqdalar. Ular vaqtdagi farq sababli bizning terma jamoamiz onlayn mashqlariga qo‘shila olmayotganliklari uchun bajarayotgan mashqlarini bizga jo‘natmoqda. Yana bir sportchimiz  Paola Pliyego hozir Fransiyada va u ham mashqdarini uy sharoitida bajarmoqda.

– O‘zbek qilichbozlarining Olimpiadada ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishlari masalasi muammo bo‘lib turibdi. Nega shunday?

– Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish masalasida hozir ko‘p narsa noaniq. Balki bu bizga qo‘shimcha imkoniyat yaratar. Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rish va sportchilarni saralash rejasidan o‘rin olgan Jahon kubogining barcha musobaqalari amalda tugallandi. Xalqaro qilichbozlik federasiyasi  mavsumni yakunladi.  Ammo sentyabr oyida  yangi – 2020-2021 yillar mavsumi boshlanadi.

Lisenziya beriladigan asosiy turnir hali o‘tkazilmagan va u qachon bo‘lishi noaniq. Hozir ko‘pgina federasiyalar bir xil holatda. Biz lisenziya beriladigan turnirda Olimpiadada qatnashish huquqini qo‘lga kiritish uchun kurashib ko‘ramiz. Biz lisenziya beriladigan turnirda ishtirok etadigan raqiblarimizni bilamiz va bu musobaqaga tayyorgarlik ko‘rishimiz uchun vaqt yetarli.

Biz bildirilayotgan ishonchni oqlash va Olimpiada lisenziyalarini qo‘lga kiritish uchun hamma imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

– Federasiya oldiga qilichbozlik sportini targ‘ib etish va ommalashtirish bo‘yicha qanday vazifalar qo‘yilgan? Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha qanday ish olib borilmoqda? Federasiya sayti va ijtimoiy tarmoqlarda sport yangiliklari qanday yoritilmoqda?

– Qilichbozlikni rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalardan biri – sportimiz turini ommalashtirishdir.  Afsuski, hozircha qilichbozlik O‘zbekistonda ommaviy sport turiga aylanmagan. Ammo oldimizga ana shu vazifa qo‘yilgan va uni hal etish choralarini ko‘ryapmiz. Federasiya saytida qilichbozlik sporti yangiliklari muntazam e’lon qilinib turilibdi. Intenetdagi “Feysbuk”, “Instragram” ijtimoiy tarmoqlarida qilichbozlik, sportchilar, trenerlar to‘g‘risidagi qiziqarli axborotlarni muntazam yangilab turibmiz.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi yordami bilan federasiya shtatiga mabuot kotibi lavozimi kiritildi. Matbuot kotibi barcha OAV bilan faol ish olib bormoqda va o‘quvchilarning turli toifalari uchun axborotlarni joylashtirmoqda. Qolaversa, qilichbozlik sporti bo‘yicha roliklar tayyorlanmoqda. So‘nggi paytlarda O‘zbekistonda qilichbozlik bo‘yicha ko‘proq musobaqalar o‘tkaziladigan bo‘ldi va bu sportning ushbu turi ixlosmandlari safini kengaytirmoqda. O‘tgan yilning o‘zida qilichbozlik sporti bilan shug‘ullanayotganlar soni 700 taga ortdi.

Qilichbozlik sporti Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan. Shuning uchun biz uni insonni har tomonlama – ham jismoniy, ham intellektual rivojlantiradigan sport sifatida targ‘ib etmoqdamiz. Yurtimizda qilichbozlikni turli yoshdagi aholi o‘rtasida ommalashtirishga harakat qilyapmiz. Biz Milliy qilichbozlik klubi tashkil etganmiz. Bu yerda 5 yoshli boladan boshlab katta yoshdagilarcha shug‘ullanmoqda.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 20:28, 22.04.2020.
O'qildi: 2034 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.