Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

«Paxtakor»ning SSSR chempionatlaridagi turli rekordlari

«Paxtakor»ning SSSR chempionatlaridagi turli rekordlari

Baho:
+ | -

«Paxtakor»ning Sobiq Ittifoq mamlakati davrida chempionatlarda qayd etgan turli rekordlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

Jamoamizning oliy ligadagi eng yuqori natijasi 6-pog‘ona bo‘lib, 1962 va 1982 yilgi mavsumlarda buni qayd etgan. 1968 yil SSSR Kubogida finalgacha yetib borib, hal qiluvchi bahsda "Torpedo"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan. 1972 yil SSSR birinchi ligasi g‘olibiga aylangan "Paxtakor" 1988 va 1989 yillarda birinchi liga jamoalari kubogida muvaffaqiyat qozongan.

SSSR chempionati oliy ligasida eng yirik g‘alaba 5:0 natijasi bilan erishilgan bo‘lib, SKA, "Zenit" (uch marta), "Dnepr" va Kiyevning "Dinamo" jamoalari dog‘da qoldirilgan. Birinchi ligadagi eng yirik yutuq esa 11:1 hisobida 1958 yil Bereznikining "Ximik" klubi ustidan qo‘lga kiritilgan. SSSR Kubogida Samarqandning "Spartak" jamoasi 10:1 hisobida mag‘lub etilgan.

SSSR chempionatining har yil yakunlariga ko‘ra aniqlangan eng yaxshi 33 futbolchi ro‘yxatidan Yuriy Pshenichnikov (1966, 1967), Birodar Abduraimov (1968), Vasilis Xadzipanagis (1974), Mixail An (1974, 1978), Vladimir Fyodorov (1974, 1976), Andrey Yakubik (1982) va Andrey Pyatniskiy (1991) o‘rin olgan.

1968 yil Birodar Abduraimov va 1982 yil Andrey Yakubik oliy liga to‘purariga aylangan. Shuningdek, Birodar Abduraimov 1972 yil birinchi ligada ham to‘purar bo‘lgan. 1990 yil Igor Shkvirin buni yana bir bor uddalagan.

O‘smirlar o‘rtasida SSSR terma jamoasi bilan Yevropa chempioni bo‘lgan futbolchilar uch nafar bo‘lib, 1966 yil Sergey Dosenko va Vyacheslav Bektoshev, 1987 yil Mirjalol Qosimov bunga erishgan. Yoshlar terma jamoasi tarkibida 1975 yil Mixail An va Vladimir Fyodorov, 1988 yil Mirjalol Qosimov chempion bo‘lgan. Qosimov 1987 yil o‘smirlar o‘rtasida jahon chempioniga ham aylangan. Fyodorov esa 1976 yil Monrealda o‘tkazilgan Olimpiadada bronza medaliga ega chiqib, o‘zbekistonlik futbolchilar orasida buni uddalagan yagona o‘yinchi hisoblanadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 20:31, 22.04.2020.
O'qildi: 5325 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик