Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/10 00:00 Espanyol 0-2 Sevilya
26/10 00:00 Lester 1-3 Nottingem Forest
26/10 16:00 Qizilqum 2-0 Paxtakor
26/10 17:00 Valyadolid 1-2 Vilyarreal
26/10 18:00 Napoli 1-0 Lechche
26/10 18:15 Andijon 1-0 Olimpik
26/10 19:00 Brentford 4-3 Ipsvich
26/10 19:00 Brayton 2-2 Vulverhempton
26/10 19:00 Manchester Siti 1-0 Sautgempton
26/10 19:00 Aston Villa 1-1 Bornmut
26/10 19:15 Rayo Valyekano 1-0 Alaves
26/10 21:00 Bolonya - Milan
26/10 21:30 Las-Palmas 1-0 Jirona
26/10 21:30 Everton 1-1 Fulhem
26/10 23:45 Atalanta 6-1 Verona
27/10 00:00 Real Madrid 0-4 Barselona
27/10 16:30 Parma - Empoli
27/10 17:15 Bunyodkor - So‘g‘diyona
27/10 18:00 Leganes - Selta
27/10 19:00 Lasio - Jenoa
27/10 19:00 Monsa - Venetsiya
27/10 19:00 Chelsi - Nyukasl
27/10 19:00 Vest Xem - Man. Yunayted
27/10 19:00 Kristal Pelas - Tottenhem
27/10 20:15 Xetafe - Valensiya
27/10 21:30 Arsenal - Liverpul
27/10 22:00 Inter - Yuventus
27/10 22:30 Betis - Atletiko
28/10 00:45 Fiorentina - Roma
28/10 01:00 Real Sosyedad - Osasuna
28/10 16:00 OKMK - Neftchi
28/10 18:15 Dinamo - Nasaf

Bundan 15 yil ilgari dunyoning eng qimmat futbolchilaridan tashkil topgan jamoa

Bundan 15 yil ilgari dunyoning eng qimmat futbolchilaridan tashkil topgan jamoa

Baho:
+ | -

Stadion.uz transfermarket portali nashri bergan ma’lumotlarga suyangancha 15 yil ortga qaytadi va o‘sha davrdagi eng qimmat futbolchilardan tashkil topgan ramziy jamoani e’tiboringa havola etadi.

Darvozabon – Buffon

Jiji o‘zining “Yuventus”dagi eng gullagan davrlarini o‘tkazayotgan futbolchi edi. Kalchopoli voqeyasi hali sodir bo‘lmagani uchun uning transfer qiymati Kasilyasdan balandroq ko‘rsatilgan.

Himoyachilar

Rio Ferdinand

“Manchester Yunayted” safiga o‘z davrida dunyoning eng qimmat himochisi sifatida kelib qo‘shilgan futbolchi o‘z transferini to‘liq oqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Alessandro Nesta

Aslida Nestaning transfer qiymati ancha balandroq bo‘lishi mumkin edi, biroq jarohat sababli o‘tkazib yuborilgan uchrashuvlar o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Shunga qaramay, Shevchenko singari hujumchidan atigi 5 million yevro arzonroq bo‘lish uchun ham ancha ter to‘kish lozim.

Zambrotta

“Yuventus”ni birinchilardan bo‘lib tark etishga yaqin turgan futbolchini transfermarket nashri 28 million yevroga bejiz baholamagan. Zambrotta 2005-yilda o‘zining kuchli zarbalari, himoya va hujumdagi unversalligi bilan ko‘plab grandlar e’tiborini tortishga muvaffaq bo‘lgan himoyachilardan biri edi.

Patrik Viyera

“Arsenal”dagi ajoyib mavsumlardan so‘ng, Turinga ko‘chib o‘tgan yarim himoyachi 31 yoshda ham sayyoramizning eng qimmat 11 futbolchsidan biri bo‘lishni uddalagani e’tiborga molik.

Maykl Essiyen

E’tiborli shundaki, 2005-yilda Essiyen o‘sha davrning eng kuchli markaziy hujumchilaridan qimmatroq deb hisoblangan. “Lion”dan shaxsan Jozening iltimosiga ko‘ra harid qilingan Maykl 9 yil davomida London klubi sharafini munosib himoya qildi.

Ballak

Myunhen klubidagi o‘yinlari bilan barchani e’tiborini tortgan Ballak bejizga 35 millionga baxolanmagan. O‘zining kuchli zarbalari bilan mashxurlikka erishgan futbolchi “Bavariya”ning o‘sha davrdagi yulduz futbolchisi edi.

Ronaldino

Braziliyalik afsungar o‘zining eng pik davrida ham 50 million yevroga baholangani kishini hayron qoldirishi tabiiy. “Oltin to‘p” egasi bo‘lishiga qarmay, Roning o‘sha davrda Bugungi kundagi Mbappedan naqd 3 barobar arzonroq bo‘lganiga ishonish mushkul. Vaholanki, u bugungu ro‘yxatimizdagi eng qimmat futbolchi.

Tiyeri Anri

“Arsenal” yuragi va barcha grand jamoalar orzusi Tiyero Anri 45 million yevroga baholangan bo‘lsada, uning maydondagi harakatlari bugungi kundagi 100 millionlik futbolchilarnikidan ancha jozibaliroq edi.

Andrey Shevchenko

Ukrainalik “killer” “Milan”dagi o‘zining so‘nggi mavsumlaridan birini o‘tkazayotganiga qaramay, to‘purarlik borasida o‘z mahoratini ko‘rsatishda davom etayotgan chog‘lar edi. Afsuski, qahramonimizning “Chelsi”ga ko‘chib o‘tishi barchasi salbiy yakun topishiga sabab bo‘ladi.

Van Nistelroy

Ser Aleks Fergusson tomonidan duyondagi eng qizg‘anchi hujumchi deb ta’riflangan golland hujum markazidagi chinakam gol mashinasi edi. Ayniqsa, 2005-yilda uni to‘xtatib qolish juda va juda mushkul bo‘lgan. Bejizga transfermarket gollandiyalik hujumchini 40 million yevroga baholamagan.

Ushbu tarkibning umumiy qiymati 406,5 million yevroni tashkil etmoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 02:23, 23.04.2020.
O'qildi: 9634 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.