Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ulug‘bek Mirzayev: «Davlatimiz har bir klub o‘zini-o‘zi moliyalashtirishi tarafdori»

Ulug‘bek Mirzayev: «Davlatimiz har bir klub o‘zini-o‘zi moliyalashtirishi tarafdori»

Baho:
+ | -

So‘nggi kunlarda bir nechta OAVda «O‘ztransgaz» aksiyadorlik kompaniyasi «Bunyodkor» futbol klubidagi o‘z ulushini Davlat hisobiga topshirish bo‘yicha qaror qabul qilgani haqida ma’lumotlar tarqadi. Ushbu masala yuzasidan batafsil axborot olish hamda bu jarayon qanday yuridik ahamiyatga ega ekanligiga aniqliklar kiritish maqsadida, biz «Bunyodkor» FK Bosh direktori Ulug‘bek Mirzayevga murojaat qildik va quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldik.

"Xabaringiz bor, 2012 yildan boshlab «Bunyodkor» futbol klubiga «O‘ztransgaz» kompaniyasi bosh homiy sifatida biriktirilgan edi. 2019 yilning 31 dekabr sanasiga qadar davom etgan o‘zaro hamkorlik samarali bo‘ldi, deya olamiz. Zero, bu yillar davomida «Bunyodkor» nafaqat O‘zbekistonda, balki Osiyoda ham 2005 yildan zabt etila boshlagan o‘z o‘rni, nomi va shuhratini mustahkamladi. «Bunyodkor» muvaffaqiyatlarida albatta «O‘ztransgaz»ning o‘rni beqiyos. Ayniqsa, 2019 yil avvalidagi qiyinchiliklar, Akademiyamizning yopilishi-yu, klubni quyi ligaga tushirilib yuborilishi haqidagi mish-mishlarga aynan «O‘ztransgaz» barqaror mablag‘ ta’minoti orqali nuqta qo‘ya oldi. «Bunyodkor» kompaniya tomonidan bir maromda moliyalashtirildi va bunga javoban jamoa o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston chempionatida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, bronza medallarga ega chiqdi. Yana bir bor tan olib aytish kerak, jamoamizning o‘tgan yilgi muvaffaqiyatida «O‘ztransgaz»ning hissasi katta. Shu o‘rinda, doimo klub bilan birga bo‘lgan, homiylik masalalarida bizdan o‘z yordamini hech qachon ayamagan, barcha murojaatlarimizga ijobiy javob qaytargan, moliyaviy ishlarda har safar muammolarimizni hal qilib bergan «O‘ztransgaz» AK rahbariyati, xususan, Boshqaruv raisining o‘rinbosari Mirzamahmudov Alisher Ismoiljonovichga alohida minnatdorchilik bildiramiz.

Endi «O‘ztransgaz» AKda 14 aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishga keladigan bo‘lsak, bu borada quyidagilarni gapirib berishim mumkin. 2019 yilning 4 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» farmoni e’lon qilingan edi. Mazkur farmonning bandlarida ko‘rsatib o‘tilganidek, futbol klublari bosqichma-bosqich davlat korxonalari tomonidan moliyalashtirishdan qochish, o‘zini-o‘zi ta’minlash yo‘nalishiga o‘tishi lozim. Shuningdek, ushbu farmonda (9-bandda) davlat korxonalari tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda muassislari davlat korxonalari bo‘lgan klublarning aksiyalari, ta’sischilarining ulushlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilishi to‘g‘risida belgilab qo‘yilgan. Shunga ko‘ra, davlat korxonalari tomonidan moliyalashtirilayotgan klublar ro‘yxati shakllantirilgan. 13ta jamoa joy olgan mazkur ro‘yxatdan «Bunyodkor» futbol klubi ham joy olgan. Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, «Bunyodkor» futbol klubining ustav fondidagi 100 foiz ulush davlat korxonalariga tegishli. Jumladan, «O‘ztransgaz» (61,8 %), «Neftgazmontaj» (30,2 %), «Ko‘kdumaloqgaz» (3 %), «Neftgazmahsulot» (3 %), «Gissarneftgaz» (2 %). Kuni-kecha shu masala bo‘yicha «O‘ztransgaz» kompaniyasining Kuzatuv kengashi yig‘ilish o‘tkazdi. Mazkur yig‘ilishda «O‘ztransgaz» o‘zining 61,8 foizlik ulushini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazishga qaror qildi. Qo‘shimcha qilish kerakki, mazkur farmonda shakllantirilgan ro‘yxatdan joy olgan barcha klublarning aksiyalari yoki ta’sischilarining ulushlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladi. Farmonga ko‘ra, agentlik klublarni sotuvga qo‘yib, mahalliy yoki xorijiy investorlarga realizasiya qilishga kirishadi. Ya’ni bo‘lg‘usi investor «Bunyodkor» futbol klubiga homiylik qilishni istasa, buning uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligidan jamoani sotib olishi kerak. Ta’kidlab o‘tishni istardikki, bu jarayon nafaqat «Bunyodkor»ga, balki barcha o‘zbek klublariga taalluqlidir. Bundan asosiy maqsad, davlat korxonalari tomonidan moliyalashtiriladigan klublarni bosqichma-bosqich xususiylashtirishdir. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, hukumatimiz har bir futbol klubi o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta’minlashi tarafdori. Biroq Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ro‘yxatdan joy olgan klublarga va ularni hozirgi kunda moliyalashtirayotgan davlat korxonalariga rasmiy xat bilan murojaat qilib, agentlik jamoalarga yangi sarmoyadorlar topguniga qadar moliyalashtirish hozirgi holatda davom etishini ma’lum qilgan. Ya’ni agentlik qaysidir klubni yangi investorga sotguniga qadar jamoa davlat korxonalari tomonidan moliyalashtirilishda davom etadi. Qaysi kompaniya qaysi klubni hozir mablag‘ bilan ta’minlayotgan bo‘lsa, bu jarayon hozircha shundayligicha qoladi.

Demak, «Bunyodkor» futbol klubini moliyalashtirish 2020 yilning 1 yanvaridan e’tiboran «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik kompaniyasi zimmasida va homiylik hamda moliyalashtirish mazkur korxona tomonidan davom ettiriladi.

Shu o‘rinda, «Bunyodkor» futbol klubida faoliyat yuritayotgan 300 nafarga yaqin ishchi-xodimlar nomidan shunday qiyin kunlarda, koronavirus pandemiyasi davridagi inqiroz vaqtida bizni qo‘llab-quvvatlayotgani, g‘amxo‘rlik qilayotgani, moliyalashtirayotgani, jamoani yolg‘izlatib qo‘ymayotgani uchun «O‘zbekneftgaz» kompaniyasiga, xususan, Boshqaruv raisi Abdullayev Mehriddin Razzoqovichga, Boshqaruv raisining moliya va iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari, klubimiz prezidenti Ashurov Ulug‘bek Murodilloyevichga alohida minnatdorchilik bildiramiz. Bunday g‘amxo‘rlikka javoban g‘alabalarimiz, yutuqlarimiz bilan albatta ularni xursand qilamiz, «O‘zbekneftgaz» aksionerlik jamiyati brendini yanada baland ko‘tarishga, kompaniya imidji oshishiga hissa qo‘shamiz, degan umiddamiz", — dedi Ulug‘bek Mirzayev.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 21:05, 23.04.2020.
O'qildi: 4640 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.