«Bavariya» yarim himoyachisi Filippe Koutinyo bugun, 24 aprel kuni o‘ng oyog‘ining to‘pig‘idan operasiya qilindi. Bu haqda myunxenliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tdi. Braziliyalik futbolchi ikki haftadan so‘ng tiklanish mashqlarini boshlashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Koutinyo huquqiy jihatdan «Barselona»ga tegishli bo‘lib, u Bundesligada ijara asosida o‘ynamoqda. «Bavariya» uning transfer huquqini sotib olmoqchi emas.