Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

"Sen hech qachon APLni yutmagasan", Roy Kinning eng keskin fikrlari

"Sen hech qachon APLni yutmagasan", Roy Kinning eng keskin fikrlari

Baho:
+ | -

Irlandiyalik Roy Kin dunyoning eng kuchli yarim himoyachilaridan biri sanalgan. Aynan uning fe’l-atfori uni mashhur futbolchiga aylantirdi va bugun avlodning ko‘plab futbolchilari uchun daho bo‘lib xizmat qiladi.

Uning xarakteri raqib jamoalarning murabbiy va futbolchilari, ba’zan esa o‘z jamoadoshlari bilan ham janjallar keltirib chiqarardi. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, u Britaniyaning Sky Sports telekanalida ekspert bo‘lib ishlashini va boshqa ko‘plab futbol shoularida ishtirok etishini bilasizmi? Kin u yerda ham hatto hamkasblari bilan murosasiz bo‘lib qolmoqda. Biroq, uning bayonotlari xarakteri sababli, Sky Sports yuqori reytingda turibdi.

E’tiboringizga Roy Kinning televideniye orqali aytgan qo‘pol gaplarini keltirib o‘tamiz.

Kin - Karragerga: Sen hech qachon APLni yutmagansan!

Roy Kin APLda g‘oliblik nima ekanligini biladi. U APL bosh sovrinini yetti marta yutgan, qolaversa, "MYU" sardori sifatida bu sovrinni to‘rt marotaba qo‘lga kiritgan.

2013 yili "Liverpul" klubining sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Ser Aleks Fergyuson ketganidan keyin, "Manchester Yunayted"ni qiyin ahvolga tushib qolganini muhokama qilgandi. "Uch yoki to‘rt mavsum mobaynida "Liverpul" chempionatni olti va yettinchi o‘rinlarda yakunladi. Aynan hozir o‘sha o‘rinlarda "Manchester Yunayted" yuribdi. Biroq, jamoamizga Suares kelganida biz salkam chempion bo‘lgandik!", - dedi Karrager.

"Jeymi, sen deyarli chempion bo‘ldik dedingmi? Sen hech qachon chempion bo‘lmagansan. Sen "MYU"ni muhokama qilishga haqqing yo‘q", - deya javob qaytardi Kin.

Pogbani shafqatsiz tanqid ostiga olish

Agar Kin haliyam "MYU" o‘yinchisi bo‘lganida Pol Pogbaning soch turmagi va jozibali liboslari uchun uni o‘ldirib qo‘ygan bo‘lardi.

To‘rt yil davomida Pogbaning "Yunayted"dagi faoliyati gohida jozibali, gohida esa muvaffaqiyatsiz chiqdi. Shundan so‘ng, fransiyalik yarim himoyachi klub rahbariyati va murabbiylari "tomorqasiga navbatdagi toshni otdi". Shundan so‘ng, Kin Pogbaning professionalligi va samimiyligiga shubha ostida qaray boshladi.

"Men Pogba aytgan so‘zlarning bittasiga ishonmayman. U o‘zi aytgan gaplariga ishonadi deb o‘ylamayman. U "Everton" bilan o‘yindan keyin o‘zining manziliga bo‘lgan tanqidlardan shikoyat qildi, biroq, u o‘ynamadi, aksincha sochiga gel surtib olib, maydonda yurdi. Pol - "Manchester Yunayted" uchun katta muammo, - dedi Kin.

Kin "Liverpul" yarim himoyachisini o‘zining qiziga tenglashtirdi

Bechora Adam Lallana. U hech qachon Roy Kin bilan futbol maydonida uchrashmagan, biroq, yovuz irlandiyalikning tanqididan qochilib qutula olmadi.

Uning "Liverpul"dagi debyuti muvaffaqiyatsiz chiqdi, chunki, "qizillar" "Chelsi"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Kin Lallanani "mersisaydliklar"ning barcha muammosida aybladi.

Keyingi haftada "Chelsi" "Everton" bilan o‘ynadi. O‘shanda Kin: "Everton" bilan o‘yin - "Chelsi" uchun og‘ir sinov. U shubhasiz "Liverpul" klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinga qaraganda, qiyin kechadi, chunki, o‘sha uchrashuvda Lallana qizimdan ham kuchsiz o‘ynagandi"-dedi.

Kin va Jon Uolterslarning og‘zaki "to‘qnashuvi"

Agar Kin haqiqatdan ham jirkanch odam bo‘lsa, demak u ingliz talaffuziga ega bo‘lgan irlandiyalik Jon Uolters.

Kin "Ipsvich"da murabbiy bo‘lib ishlaganida Uolters futbolchi edi, biroq, futbolchi va murabbiy til topisha olmadi. Bularning barchasi Jonning boshqa klubga o‘tishni istaganligi va yakunda "Stok Siti" klubiga ketganligi bilan bog‘liq.

Keyin Kin Irlandiya terma jamoasini boshqarishni boshlaganida ularning yo‘li yana kesishdi. "Men Irlandiya terma jamoasiga kelishimdan oldin ham Jon yaxshi futbolchi edi. U ajoyib o‘yin namoyish etishi haqida gapirardi. Ammo, uning rezyumesiga qarang. U ko‘plab sovrinlarni yutdimi? U ikki yil davomida "Bernli" tarkibida to‘p tepmadi va uning qo‘lga kiritgan sovrinlarini sanab chiqiing. Ko‘p hisobladingizmi?".

Gari Nevillning troll qilinishi

Roy Kining murabbiylik faoliyati muvaffaqiyatli chiqmadi. U yomon boshlamadi va birinchi mavsumdayoq "Sanderlend" klubini APLga qaytardi. Ammo, Roy u yerda ko‘p bo‘lmadi va oradan to‘rt oy o‘tgach unga chiqish eshiklari ko‘rsatildi.

O‘shandan keyin u "Ipsvich"da ishladi va jamoani tartibga keltira olmadi. So‘ng, Irlandiya terma jamoasida faoliyat olib bordi va "Nottingem Forest" va "Aston Villa" klublarida yordamchi murabbiy bo‘lib ishladi.

"Off the ball" ko‘rsatuvida boshlovchi unga: "Murabbiylik sohasiga qaytasizmi? "Real"dan sizga qo‘ng‘iroq bo‘lmasligini bilasizku, nimani kutyapsiz"-degan savolni berdi.

Kin Gari Nevillning yonida o‘tirgandi va jahl bilan javob qaytardi: "Ertaga nima ro‘y berishini sen hech qachon bilmayman. Mana "Valensiya" Garini bosh murabbiylik postiga taklif qildi"-deb javob bergandi.

Kin - Rayt: "Haqiqatga ishon, do‘stim"

Tushunganingizdek, Roy Kin doim jonli efirlarda janjalning bosh qahramoni hisoblanadi. U hamma bilan, hatto o‘z hamkasblari bilan ham bahslashishi mumkin. Ian Rayt ham tez-tez televizion ko‘rsatuvlarda ishtirok etadi, ammo, avvalgi shov-shuvli bayonotlarda ko‘rinish bermagan edi.

Biroq, 2018 yilgi Jahon chempionatining yarim final o‘yini Angliya Xorvatiyaga 2:1 hisobida imkoniyatni boy berganidan so‘ng, Rayt juda ko‘plab haqiqiy voqealarni payqamay qoldi.

"Siz Angliyani qandaydir finalda o‘ynashi haqida gapirdingiz. Nima uchun? Xorvatiyaga qarshi o‘yinga e’tiborni qaratish kerak edi. Qarang, Angliya uyiga qanday qaytmoqda", - dedi Kin. Rayt esa: "Angliya Xorvatiyani mag‘lubiyatga uchratadi deb aytishga harakat qilmadik. Biz Sizni xafa qilmoqchi edik va o‘zimiz esa oz bo‘lsada quvonchli his-tuyg‘ularga ega bo‘lishni xohlagandik"-deb javob qaytardi.

Kin hamkasblari bilan birga kulmaslikka qaror qildi va keskin javob qaytardi: "Xursand bo‘ling, men qarshi emasman. Finalga yo‘l olamiz deb, chalg‘ib qoldingiz. Rayt, sen bo‘lsa, haqiqatga ishon".

Mayk Richards - sen hech qachon yaxshi himoyachi bo‘lmagansan

Angliyaning "Manchester Siti" klubi sobiq himoyachisi Mayk Richards futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, futbol eksperti bo‘lib ish boshladi. Ingliz muxlislari hazilni zaharlash va faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan kulguli voqealarni aytib berish qobiliyati uchun yangi rolda unga oshiq bo‘lishdi.

Sky Sports telekanalidagi ko‘rsatuvlarning birida Richards o‘zini Angliyaning eng yaxshi himoyachilaridan biri bo‘lganini, chunki, 18 yoshida terma jamoa safidan joy olgani haqida gapirdi.

"Men kutilmaganda "sahnada portladim", to‘g‘rimi? Men shunchaki eng yaxshilarning biriman. Mening hisobida APL g‘olibligi va Angliya Kubogi sovrini bor. Men o‘zim yoqtirgan klublarda o‘ynadim", - dedi Richards qat’iyatlik bilan.

"Sen hech qachon kuchli himoyachi bo‘lmagansan. "Sahnada portladimi" deysanmi? Kamdan kam himoyachilar "sahnani portlatishgan", - dedi Kin.

"Nima? Men Angliya terma jamoasida o‘ynagan eng yosh himoyachi bo‘lganman. Men endi 18 yoshga to‘lgandim! Men buni muvaffaqiyat deb atayman". - deb javob bergandi Mayk.

Kiritildi: 02:34, 26.04.2020.
O'qildi: 6268 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.