Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Kazemiro o‘rinbosari – Kamavinga. Nima uchun u aynan «Real Madrid»ga o‘tishi kerak?

Kazemiro o‘rinbosari – Kamavinga. Nima uchun u aynan «Real Madrid»ga o‘tishi kerak?

Baho:
+ | -1

Uzoq vaqtdan buyon “Real Madrid”ning asosiy tarkibida munosib muqobiliga ega bo‘lmagan futbolchi bu Karlos Kazemiro hisoblanadi. Vaqtida Kazemiro o‘rnida Mateo Kovachich va Markos Lyorentelarni sinab ko‘rishdi, biroq yakunda ularning ikkisi ham “Santyago Bernabeu”ni tark etishdi. Bu mavsumda esa Federiko Valverde portlab chiqdi, ammo u tayanch himoyada emas o‘zini ko‘proq raqib jarima maydoni atrofida yaxshiroq his qilmoqda.

Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, Ispaniya poytaxtining oq qismi uchun Kazemiroga o‘rinbosar topish birinchi darajali vazifaga aylandi. Umuman olganda, bu tez orada amalga oshadi.

Aftidan “Real” yana o‘z omadini Fransiya bozoridan izlab ko‘radi. Madridliklar o‘tgan mavsum Fransiya chempionatidan Ferlan Mendini xarid qilgan edi. Hozirda Kazemiro o‘rniga ikki futbolchi: “Renn” yarim himoyachisi Eduard Kamavinga va “Lill” havbeki Bubakari Sumare nomzodlari ko‘rib chiqilyapti. Katta ehtimol bilan “qirollik klubi” birinchi variantni olib kelishga harkat qilib ko‘radi.

Kamavinga kim o‘zi?

Kamavinga “Renn” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi 16 yoshida asosiy jamoaga jalb etila boshlagan. Joriy mavsumdan u jamoasining yetakchi futbolchisiga aylana oldi. Eduardo o‘yin sur’atini yaxshi nazorat qila oladi, maydon markazida muvozanatni saqlaydi va hujumlarni boshlashda asosiy rol o‘ynaydi. Bir so‘z bilan aytganda “Renn”ning “Messisi”.

Kamavinga – Kazemironing o‘rinbosarimi?

“Renn” o‘zining muvaffaqiyatlariga (Fransiya chempionatida 3-o‘rin, Fransiya Kubogi yarim finalchisi) Xulyen Stefan jamoasigya yangi qon olib kirgan Kamavingadan qarzdor. Eduardoning kuchli jihatlari uning universialligi bilan bog‘liq. Futbolchining atrofidagi odamlar uni shunday tasvirlaydi: “Kamavingani Kazemiro va Kante aralashmasi deb atashimiz mumkin, biroq uning jismoniy holati Pogbaniki. U o‘sishda davom etmoqda.

Eduardoni toza hujumlarni buzuvchi futbolchi deb atash katta ahmoqlik bo‘ladi. Futbolchi nafaqat hujumlarni buzishda balki, ularni yaratishda ham ko‘pchilikni hayratda qoldira oladi. “Renn” bosh murabbiyi Stefan uni ko‘proq “Real” sobiq futbolchisi Gutiga o‘xshatishini aytgan edi.

Nima uchun u “Real”ga o‘tishi kerak?

Kazemironing o‘rnini hozirgi vaqtda egallash imkonsizdir. “Real” bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan taqdirda ham, Kamavinga ayni damda Kazemirodan asosiy tarkibni tortib ololmaydi. Katta ehtimol bilan “Real” futbolchini xarid qilsa ham, bir necha mavsum Stefan qo‘l ostida o‘ynashiga imkon beradi.

Biroq, Kamavinga ham yosh vaqtida “Santyago Bernabeu”ga kelgan hamyurti Rafael Varanning yo‘lini tutsa bo‘ladi. Yaxshi esalasingiz kerak Varan asosiy tarkibdan o‘sha vaqtdagi dahshatli Pepeni xaydab chiqarish qanday o‘yinlar ko‘rsatganini.

Madridda muvvafiyat qozonish uchun Kamavinga Varan bo‘lishi shart emas. Ammo, “Renn” bosh murabbiyi Stefan madridliklarga transferni kechiktirishni maslahat bermoqda: “Eduardo “Real”da muvaffaqiyatga erishish uchun barcha fazilatlarga ega, lekin  u bir mavsumda 40ta o‘yinda ishtirok etish uchun barqarorlikka ega bo‘lishi kerak”.

Hatto Kazemiro ham asosiy tarkibda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmagan. Kezi kelgandva futbolchi Segundada harkat qilgan, 2014/15 yilgi mavsumda “Real” uni “Portu”ga ijaraga berib yuborgan shundan keyingina u asosiy tarkibdan mustahkam joy olgan. Bir vaqtlar Zidan Kazemiroga shunday degandi: “Kazemiro, sen o‘ynashni boshlasang, boshqa hech qachon zaxirada o‘tirmaysan”.

Xuddi shu gaplar Kamavingaga ham tegishli.

Jaloliddin Qobiljonov tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:10, 26.04.2020.
O'qildi: 7910 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.