Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

Bekxem kimlarni MLSga tortib ketmoqchi?

Bekxem kimlarni MLSga tortib ketmoqchi?

Baho:
+ | -

Stadion.uz “Inter Mayami”ning yozda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan transferlari va rejalari bilan tanishtirib o‘tadi.

Yaqindaginatashkil etilganiga qaramay, “Inter Mayami” MLSga qo‘shilishga muvaffaq bo‘ldi. Bir qarashda osondek ko‘rinishi mumkin, biroq buning uchun Bekxem va uning yuristlari juda katta mashtabdagi ishni amalga oshirishlariga to‘g‘ri keldi. Endi barcha qiyinchiliklar ortda qolgach, jamoani shakllantirish ishlari boshlandi. Ayni damda, klubda faqat yosh va iqtidorli yigitlar bor xolos. Okean ortidagi OAV bergan xabarlarga ko‘ra, Bekxem AQSHning janubiy qismidagi deyarli barcha iqtidorli futbolchilar ichidan tanlab olingan futbolchilarni klubga jalb etgan. Endilikda uning oldida 3 ta yulduzni sotib olish vazifasi turibdi.

Nima uchun aynan 3 ta?

MLSda ham futbolchilarning maoshlari borasida qonunlar qabul qilingan. So‘nggi qarorlarga ko‘ra, birorta MLS klubi 3ta yuqori maosh oluvchi futbolchidan ortig‘ini klubga jalb etishi mumkin emas. Shu sababli, Beksning menejerlar va murabbiylar kuchli jamoa shakllantirishda qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqishmoqda. Ha aytgancha, Beks jamoa bosh murabbiyi sifatida MLS tarixidagi eng omadli va tajribali Diyego Alonsoni tanlagan. Ayni damda Alonso jamoa uchun yosh futbolchilarni shaxsan o‘zi kuzatishda davom etmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, jamoaning deyarli 60 foiz futbolchisi ikkita fuqorolikka ega kelib chiqishi janubiy amerikalik bo‘lgan futbolchilardan tashkil topmoqda. Mahalliy futbolchilar borasida hech qanday muammo mavjud emas, biroq yozda jamoa yetakchisi bo‘lishi kutilayotgan futbolchilar borasida savol ochiqligicha qolmoqda. Ayni damda Beksda ikkita variant mavjud.

Xo‘sh,yozda kim MLSga o‘tadi?

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Inter Mayami”ning yangi yetakchisi sifatida ikkita futbolchining nomzodi ko‘rib chiqilmoqda. Ulardan biri “Real Madrid” futbolchisi Luka Modrich bo‘lsa, ikkinchi yozda erkin agentga aylanishi aniq bo‘lib ulgurgan David Silva.

Fede Valverdening o‘sib kelayotgani sababli, tez orada “Real Madrid” “o‘z uslubida” Modrichni chetga surib tashlashi aniq. Shu sababli xorvatiyalik futbolchining agenti allaqachonboshqa klublar bilan aloqaga chiqishni boshlagan. 2018-yilda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritigan Luka Modrichning transferi MLS uchun, “Inter Mayami” uchun chinakam bomba bo‘lishi aniq. Boz ustiga, “Marca” nashri ma’lum qilganidek, Beks Modrichga yaxshigina maosh ko‘rsatilgan 3 yillik shartnoma taklif qilishga ulgurgan. Hozircha, Modrich “Real Madrid”dan ketish borasida qaror qabul qilganicha yo‘q. Shunga qaramay, “Real” yozda aynan Modrichning pozisiyasiga Kamavinganixarid qilmoqchi ekanligi bejiz emas.

David Silva

Ispaniyalik futbolchi Yevrofutboldagi tinimsiz bosimdan, jurnalistlar qurshovidan va zich taqvimdan juda charchagani bois “shaharliklar” bilan shartnoma uzaytirishdan bosh tortdi. Qahramonimiz faoliyatidagi so‘nggi mavsumlarni nisbatan bosim kam va tinchroq birinchilikda o‘tkazishni istamoqda. Katta ehtimol bilan bu MLS bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Boz ustiga, futbolchi bilan allaqachon Beksning menejerlaridan biri uchrashuv o‘tkazishga ham muvaffaq bo‘ldi. Yozda erkin agentga aylanuvchi ispanning o‘zi ham MLSda to‘p surishga qarshi emas. Hozircha, korona-tanaffus sababli barcha muzokaralar to‘xtatildi. Aks holda, allaqachon Modrich yoki Silva “Inter Mayami” bilan shartnoma imzolashga ulgurgan bo‘lar edi.

Hujumchilardan kimni xarid qilish mumkin?

Bugungi kunda “Inter Mayami” nishonida Luis Suares va Edinson Kavanituribdi. Hozircha Suaresning MLSga ko‘chib o‘tishi ochiq turgan savol. Gap shundaki, urugvaylik futbolchi kamida yana bir mavsum Kataloniyada qolishga qaror qilgan. Gap shundaki, Beksning menejerlari allaqachon urugvaylik futbolchi bilan aloqaga chiqishga ulurgan va futbolchi bir mavsumdan so‘ng, taklifni o‘ylab ko‘rishini aytgan. Shunday ekan, Suaresning transferi hozicha haqiqatdan ancha yiroq.

PSJ bilan shartnomasi yozda yakuniga yetishi kutilayotgan Edinson Kavani borasida bunday deya olmaymiz. Yana bir “Inter Mayami” nishonidagi urugvaylik futbolchi Devid bilan shaxsan yaxshi tanish. Boz ustiga, futbolchi Yevropa jamoalaridan birortasi bilan qishda kelishuvga erishgani yo‘q. “Atletiko”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi” singari jamoalar taklifini ham rad etgan forvard yozda MLSga yo‘l olishi mumkin. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, ayni damda Mayamining “Inter” klubi Kavaniga 3 yillik shartnoma tayyorlamoqda. Hozircha, bu borada boshqa ma’lumotlar yo‘q.

Uchinchi futbolchi mudofaaga olinsa, ajab emas

Diyego Alonso klub egasidan jamoaning o‘yinini belgilab berishga qodir, so‘nggi himoyachi xarid qilishlarini so‘raganidan xabaringiz bo‘lmasa kerak. Jamoa murabbiyi birinchi uzatmaga ega, jismonan baquvvat va tug‘ma yetakchi futbolchini jamoaga olib kelish borasida Devidga rasman murojaat qildi. Ayni damda, klub skautlari, menejerlari va transferlar bilan shug‘ullanuvchi rasmiylar qidiruv ishlarini boshlab yuborganiga ancha bo‘ldi. Ma’lumotalarga qaraganda, hozircha ikkita himoyachi varianti ustida ish olib borilmoqda. Ulardan biri Diyego Godin bo‘lsa, ikkinchisi Jerom Boateng.

Diyego Godin o‘zining “Inter”dagi o‘yin amaliyotisiz qolib ketayotganidan norozi. Boz ustiga, kelasi mavsumda uning jamoa bilan tuzgan shartnomasi ham yakuniga yetadi. “Inter” qariya himoyachiga yangi shartnoma taklif qilmasligi aniq. Shunday ekan, Godin MLSdan tushgan taklifni qabul qilishga ruhan tayyor.

Undan farqli o‘laroq, Jerom Boateng masalasi biroz chigal. JCH g‘olibi “Bavariya”ni tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan, biroq unga Yevropadan ham yetarlicha takliflar kelib tushmoqda. Hozircha, Jerom o‘z kelajagi borasida rasmiy ma’lumot berganicha yo‘q. Shunday bo‘lsada, futbolchi MLSda to‘p surishi mumkinligini rad etmayapti.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:13, 29.04.2020.
O'qildi: 6727 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.